12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

28-yanvar, 11:51
Bozor

Xitoyning kichik bir AI loyihasi qanday qilib texnogigantlarning trln dollar yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda?

Atigi $6 mln sarflangan Xitoyning yangi DeepSeek AI chat boti koʻplab koʻrsatkichlarda milliardlab  pul sarflangan Open AI’ning Chat GPT, Meta’ning Liama va boshqa modellardan oʻtib ketdi. Bu esa AI’ga katta mablagʻlarni investitsiya qilgan texnogigantlar aksiyalari tushishiga olib keldi.

Xitoyning kichik bir AI loyihasi qanday qilib texnogigantlarning trln dollar yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda?
Foto: AI / Pinkod.uz

Xitoyning unchalik mashhur boʻlmagan AI laboratoriyasi Silicon vodiysi boʻylab vahima uygʻotdi. Bu haqida CNBC, Financial Times va boshqa nashrlar xabar berdi.

Chat bot haqida

DeepSeek nomli laboratoriya dekabr oxirida bepul, ochiq manbali katta AI modelini taqdim etdi. Ushbu modelni yaratish uchun atigi ikki oy vaqt va 6 million dollardan kam mablagʻ sarflangan hamda Nvidia kompaniyasining kuchsizroq H800 chiplaridan foydalanilgan. Bu yangiliklar Amerika sunʼiy intellekti global yetakchilik mavqeini yoʻqotishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi va katta texnologiya kompaniyalari tomonidan AI modellar va maʼlumot markazlarini yaratishga ajratilgan ulkan mablagʻlarning zaruriyatini savol ostiga qoʻydi.

Uchinchi tomonlar oʻtkazgan testlar natijasida DeepSeek’ning V3 modeli Meta’ning Llama 3.1, Open AI’ning GPT-4o va Anthropic’ning Claude Sonnet 3.5 modellaridan matematika va kodlashdan tortib murakkab masalalarni hal qilishgacha boʻlgan koʻrsatkichlarda yaxshiroq natija koʻrsatgan. DeepSeek dushanba kuni r1 nomli modelni taqdim etdi. Ushbu model ham koʻplab testlarda OpenAI’ning soʻnggi o1 modelidan ustun chiqdi.

“DeepSeek modelini koʻrish juda hayratlanarli, ular ochiq manbali modellarni samarali tarzda yaratib, hisoblash samaradorligini oshirishga erishgan”, - dedi Microsoft kompaniyasi bosh direktori Satya Nadella Shveysariyaning Davos shahrida oʻtgan Jahon iqtisodiy forumida. 

U, shuningdek, Xitoydagi ushbu rivojlanishlarni juda jiddiy qabul qilish kerak ekanligini ham aytib oʻtgan.

DeepSeek AQSh hukumati tomonidan Xitoyga qoʻyilgan qatʼiy chip cheklovlarini aylanib oʻtishga muvaffaq boʻldi. Mazkur qoidalarga koʻra, Xitoy Nvidia kompaniyasining eng kuchli H100 chiplariga kirish imkonidan mahrum etilgandi. Biroq kompaniya arzonroq modeldan foydalanib kattaroq natijaga erishdi.

Aksiyalarga taʼsiri

AQSHning sun’iy intellektga katta mablag‘ kiritgan yirik texnologik kompaniyalari aksiyalarida jiddiy pasayish kuzatilmoqda. Fond birjalarida bu holat sell-off deb ataladi va bu odatda aksiyalar narxi keskin tushishiga olib keladi. Dushanba kunining o‘zidayoq Wall Street texnologik aksiyalari $1 trillionga arzonladi, bunga Xitoyning sun’iy intellekt startapi DeepSeek tomonidan erishilgan yutuqlar sabab bo‘ldi. 

NVIDIA aksiyalarining qulashi

Sunʼiy intellekt uchun yuqori samarali chiplar yetkazib beruvchi Nvidia kompaniyasi aksiyalari savdolarda 17% gacha pasaydi. Shuningdek, Microsoft, Palantir va ASML kabi boshqa texnologik gigantlar ham aksiyalari qiymatining kamayishini boshdan kechirdi. Bunga asosiy sabab DeepSeek’ning kam mablagʻ sarflab, kuchli modellardan oʻtib ketishi sabab boʻlgan.

Appstore’da birinchi oʻrinda

Skrinshot: Appstore

DeepSeek startapi 27 yanvar kuni Chat GPT’dan oʻzib ketib, Apple App Store’ning AQShdagi eng yuqori baholangan bepul ilovasiga aylandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+