12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

03-yanvar, 19:35
Work&life

Boylar uchun yil yakuni: 2024 yilning eng yirik gʻolib va magʻlub milliarderlari

2024 yil boshida eng boy inson boʻlgan Bernar Arno oʻtgan yil boshqa milliarderlardan koʻra koʻproq pul yoʻqotdi, Ilon Maskning boyligi esa deyarli ikki barobar oshdi.

Boylar uchun yil yakuni: 2024 yilning eng yirik gʻolib va magʻlub milliarderlari
Foto: AI

2024 yil milliarderlar uchun ajoyib yil boʻldi, ayniqsa, boyliklari texnologik aksiyalarga bogʻliq boʻlganlar uchun. Boyligi qimmatbaho tovarlar sotadigan kompaniyalar ortidan keladiganlar haqida esa bunday deb boʻlmaydi.

Bloomberg milliarderlar indeksi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda eng koʻp boylik orttirgan besh milliarderning umumiy yiqqan boyligi 542 milliard dollarni tashkil etdi. Business Insider nashri oʻtgan yilning gʻolib va magʻlublari roʻyxatini eʼlon qildi.

Ilon Mask: $239 milliardga boyroq

Foto: AI

Ilon Maskning boyligi 2024 yilda ikki barobarga koʻpayib, yil oxirida 468 milliard dollargacha yetdi. U Donald Trampning saylov kampaniyasini qoʻllab-quvvatlashi kompaniyalariga yaxshi foyda berdi. Saylov kunidan beri Maskning boyligi 200 milliard dollardan koʻproqqa oshdi. Bu asosan Tesla aksiyalarining 70% ga oʻsishi va SpaceX kompaniyasining qiymati ikki barobarga oshib, 350 milliard dollarga yetgani bilan bogʻliq.


Bloomberg: dunyoning eng boy odami Ilon Mask endi Amerikaning eng katta siyosiy donori


Mark Sukerberg: $85 milliardga boyroq

Foto: AI

Meta’ning muvaffaqiyati toʻlqinida Mark Sukerbergning sof boyligi hozirda 213 milliard dollarga yetdi. Meta aksiyalarining narxi oʻtgan yili 70 foizdan ziyod oshdi, bunga kuchli reklama sektori va sunʼiy intellekt sohasidagi yutuqlar sabab boʻldi. Kompaniyaning tarixdagi ilk dividendi va aksiyalar narxining rekord darajaga koʻtarilishi, shubhasiz, 13 foizlik ulushga ega boʻlgan Sukerberg uchun vaziyatni yanada yaxshiladi.

Jensen Huang: $78 millardga boyroq

Foto: AI

Sunʼiy intellekt trendidan eng koʻp Nvidia kompaniyasining rahbari Jensen Xuong foyda koʻrdi va uning boyligi 122 milliard dollarni tashkil qildi. Kompaniyaning aksiyalari oʻtgan yili 175 foizga yuqoriladi va bu 3,5 foizlik aksiyalarga egalik qiluvchi Xuongni eng koʻp boyigan milliarderlar qatoriga qoʻshdi.

Larri Ellison: $70 milliardga boyroq

Foto: AI

2024 yilni Oracle rahbari Larri Ellison $193 milliard bilan yakunladi. Bunga esa kompaniya aksiyalari sunʼiy intellektni rivojlantirishga xizmat qiluvchi bulutli ilovalar tufayli 60 foizdan oshishi sabab boʻldi. Bundan tashqari, Ellisonning Tesla’dagi kichik, ammo sezilarli ulushi uning boyligiga yana $20 milliard qoʻshdi.

Jeff Bezos: $69 millardga boyroq

Foto: AI

Tramp saylangandan keyin Amazon aksiyalari oʻsib ketgach, kompaniyaning eng yirik aksiyadori Jeff Bezosning boyligi $239 milliardga yetdi. Kompaniyaning elektron tijorat va bulutli hisoblashlarda ustunligi Bezosning boyligini oshirishga yordam berdi.

2024 yilda hamma milliarderlarning ham boyligi oshmadi, aksincha kamayganlar ham bor.

Bernar Arno: $31 milliardga kambagʻalroq

Foto: AI

2024 yil qimmatbaho sektor uchun muvaffaqiyatsiz boʻldi, bu LVMH rahbari Bernar Arnoning 31 milliard dollar yoʻqotishiga olib keldi. LVMH aksiyalarining 48% ulushiga ega Arno hozirda $174 milliard boylikka ega. Xitoy bozoridagi qiyinchiliklar hashamatli brendlar, jumladan, Louis Vuitton va Christian Dior uchun yoqimsiz holat boʻldi va kompaniyaning bozrdagi ulushini biroz qisqartirdi. 2024 yilni birinchilikda boshlagan Arno Bloomberg milliarderlar reytingiga koʻra yilni beshinchi oʻrinda yakunladi.

Fransuaza Betankur-Mayers: $25 milliardga kambagʻalroq

Foto: AI

Dunyodagi ikkinchi eng boy ayol Betankur-Mayersning boyligi L’Oréal kompaniyasining qiyinchiliklari tufayli $75 milliardgacha kamaydi. Xitoyda sotuvlar pasayishi sababli kosmetika gigantining aksiyalari 26 foizdan koʻproqqa tushib ketdi.

Kolin Xuan: $17 milliard dollarga kambagʻalroq

Foto: AI

Kolin Xuanning boyligi, asosan, Pinduoduo (Temu ota kompaniyasi) bilan bogʻliq boʻlib, oʻtgan yili uning aksiyalari narxi 30 foizdan koʻproqqa kamaydi. Tramp gʻalaba qozonganidan keyin Temu’ga kelgusidagi foyda haqida ogohlantirishlar va Amerika tomonidan Xitoy tovarlariga qoʻyilishi kutilayotgan katta boj tariflari haqidagi noaniqliklar Xuan boyligining $35 milliardga kamayishiga olib keldi.

Shuningdek, qimmatbaho sigmentdagi boshqa milliarderlar ichida Karlos Slim $23 milliardga, Fransua Pina esa $14 milliardga kambagʻallashdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+