12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

6 kun avval
Bozor

5 grammlik oltin quyma narxi ilk marotaba 7 mln soʻmdan oshdi

Jahon bozorida ham oltin narxi tarixiy rekordni yangilab, troya unsiyasi uchun $3 280 dan yuqoriga chiqdi.

Maʼlumot uchun, oltin quymalari narxi joriy yil boshidan buyon 24,8 foizga, oxirgi 12 oy mobaynida esa 42,1 foizga oshgan.

5 grammlik oltin quyma narxi ilk marotaba 7 mln soʻmdan oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, oltin quymalari narxi tarixiy rekordni yangiladi. Xususan, 5 grammli oltin quymasi narxi ilk bor 7 million soʻmdan oshdi. Hozirda 1 gramm oltin narxi 1 million 413 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Toʻliq narxlar: 

  • 5 gramm — 7 mln 65 ming soʻm
  • 10 gramm — 14 mln 130 ming soʻm 
  • 20 gramm — 28 mln 261 ming soʻm 
  • 50 gramm — 70 mln 651 ming soʻm
  • 100 gramm — 141 mln 303 ming soʻm

Maʼlumot uchun, oltin narxi yil boshidan buyon 24,8 foizga, soʻnggi 12 oy ichida esa 42,1 foizga oshgan.

Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan 999,9 soflikdagi oltindan  5, 10, 20, 50 va 100 grammli quymalar sotuvga chiqarilgan va quymalar narxini regulyator har kuni yangilab boradi

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Jahon bozorida oltin narxi

16 aprel kuni jahon bozorida ham oltin narxi tarixiy eng yuqori darajaga yetib, bir troya unsiyasi $3 280 dan oshdi. Xabar nashr qilinayotgan paytda qimmatbaho metal $3 285 dan savdo qilinmoqda. 

Goldman Sachs’ning yangilangan prognoziga koʻra, oltin narxi 2025 yilda troya unsiya uchun $3 700 ga chiqishi mumkin. UBS Group esa joriy yilda narx $3 500 ga chiqishini kutmoqda. 

Ikkala prognozga ham asosiy sabab sifatida Markaziy banklar tomonidan kuchli talab, global savdo mojarolari va retsessiya xavfining ortib borayotgani koʻrsatilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+