Toshkentda uy-joy ijara narxlari qanday oʻzgarmoqda?
Sergeli tumanida xonadonlar ijarasi eng arzon boʻlib, 1 xonali uy uchun narxlar segmentga qarab $297 va $327 oraligʻida oʻzgaradi.
Eng qimmat ijara narxlari esa Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida kuzatilgan.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan joriy yil mart oyidagi ijara narxlari tahlili oʻtkazildi.
2025 yilning yanvar-mart oylarida poytaxtda 1, 2 va 3 xonali turar joylarning oʻrtacha ijara narxlari oʻtgan yilning mos davridagiga nisbatan sezilarli darajada arzonlashgan boʻlsa, 4 xonali uylarniki Shayxontohur tumanidagi toʻliq taʼmirlangan "lyuks" toifadagi uylar ijarasi hisobiga biroz qimmatlashdi.
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi
Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar segmentidagi barcha hajmli xonadonlar narxi tushishi kuzatilgan:
- 1 xonali: $296 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($356) nisbatan -16.6%)
- 2 xonali: $379 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($396) nisbatan -4.6%)
- 3 xonali: $454 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($467) nisbatan -2.9%)
- 4 xonali: $521 (oʻtgan yilning mart oyidagiga ($538) nisbatan -4.7%)
Hududlar kesimida
Eng arzon narxlar (AQSh dollari):
Tumanlar | Sergeli | Olmazor |
1 xonali | $297 | $287 |
2 xonali | $373 | $347 |
3 xonali | $432 | $408 |
4 xonali | $443 | $474 |
Eng qimmat narxlar (AQSh dollari):
Tumanlar | Shayxontohur | Yakkasaroy |
1 xonali | $345 | $381 |
2 xonali | $462 | $528 |
3 xonali | $582 | $616 |
4 xonali | $617 | $700 |
Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi:
Mazkur davrda toʻliq taʼmirlangan xonadonlar boʻyicha ijara narxlari oʻtgan yilning mart oyiga nisbatan quyidagicha oʻzgargan:
- 1 xonali — $411 (oʻtgan yil mart oyida $472), yaʼni 13,1% ga arzonlashgan.
- 2 xonali — $547 (avval $644), bu 15,0% lik pasayishni tashkil qiladi.
- 3 xonali — $728 (oʻtgan yili $788 boʻlgan), 8,5% ga kamaygan.
- 4 xonali xonadonlar esa bundan mustasno — ularning narxi $957 ga yetib, oʻtgan yilgi $909 ga nisbatan 3,1% ga oshgan.
Hududlar kesimida
Eng arzon narxlar (AQSh dollari):
Tumanlar | Sergeli | Uchtepa |
1 xonali | $327 | $386 |
2 xonali | $417 | $450 |
3 xonali | $513 | $534 |
4 xonali | $641 | $625 |
Eng qimmat narxlar (AQSh dollari):
Tumanlar | Mirobod | Shayxontohur |
1 xonali | $484 | $521 |
2 xonali | $731 | $732 |
3 xonali | $1027 | $1093 |
4 xonali | $1328 | $1381 |
Ijara narxlari olx.uz platformasi orqali olingan ochiq maʼlumotlar asosida tahlil qilingan.