12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

5 kun avval
Bozor

Oltin narxi tarixda ilk bor rekord daraja — $3 350 ga yetdi

Jahon bozoridagi oʻsish fonida Oʻzbekistonda ham oltin narxlari keskin koʻtarildi. Xususan, 5 grammlik oltin quyma narxi ilk marotaba 7,2 mln soʻmdan oshdi.

Oltin narxi tarixda ilk bor rekord daraja — $3 350 ga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

16 aprel kuni oltin narxi ilk bor troya unsiyasi uchun $3 350 dan oshdi. Narx eng yuqori darajada $3 357 ga yetib, navbatdagi rekordni qayd etdi. Xabar eʼlon qilinayotgan paytda esa narx biroz pasayib, $3 336 ga teng boʻlib turibdi.

Soʻnggi bir hafta ichida oltin narxi 8 foizdan koʻproqqa oshdi. Bu kabi oʻsishga bir nechta muhim omillar sabab boʻlmoqda. 

Jumladan, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Xitoy mahsulotlariga qoʻllanilgan 145 foizlik boj stavkalari investorlar orasida xavotir uygʻotib, ularni xavfsiz aktiv sifatida oltinga murojaat qilishga undamoqda.

Shuningdek, Markaziy banklar tomonidan oltinga boʻlgan talab sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida oltin narxining oshishiga turtki bermoqda. AQSh Federal zaxira tizimi (FED) tomonidan foiz stavkalarining pasaytirilishi kutilayotgani esa oltinning jozibadorligini yanada kuchaytirmoqda.

Oʻzbekistonda oltin narxi

Jahon bozoridagi oʻsish fonida Oʻzbekistonda ham oltin narxlari keskin koʻtarildi. Xususan, 5 grammlik oltin quyma narxi ilk marotaba 7,2 mln soʻmdan oshdi. Bir gramm oltin hozirda 1 mln 442 ming 200 soʻmga baholanmoqda. 

Toʻliq narxlar:

  • 5 gramm — 7 mln 211 ming soʻm

  • 10 gramm — 14 mln 423 ming soʻm 

  • 20 gramm — 28 mln 845 ming soʻm 

  • 50 gramm — 72 mln 113 ming soʻm

  • 100 gramm — 144 mln 227 ming soʻm

Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan 999,9 soflikdagi oltindan  5, 10, 20, 50 va 100 grammli quymalar sotuvga chiqarilgan va quymalar narxini regulyator har kuni yangilab boradi

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.


Goldman Sachs’ning yangilangan prognoziga koʻra, oltin narxi 2025 yilda troya unsiya uchun $3 700 ga chiqishi mumkin. UBS Group esa joriy yilda narx $3 500 ga chiqishini kutmoqda. 

Ikkala prognozga ham asosiy sabab sifatida Markaziy banklar tomonidan kuchli talab, global savdo mojarolari va retsessiya xavfining ortib borayotgani koʻrsatilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+