12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

17-mart, 11:14
Bozor

Oltin quymalari narxi yana rekord darajaga yetdi

Hozirda banklarda 5 grammli oltin quyma 6 mln 426 ming soʻmdan sotilmoqda.

Oltin quymalari narxi yana rekord darajaga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oltin quymalarining narxi yana bir bor tarixiy maksimumni yangiladi. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, 17 mart kuni 1 gramm oltinning narxi ilk bor 1 mln 285 ming 280 soʻmga yetdi. Shuningdek, 5 grammli oltin quymaning narxi ilk marotaba 6,4 mln soʻmdan oshdi.

Joriy oltin quymalari narxlari:

  • 5 gramm — 6 mln 426 ming soʻm
  • 10 gramm — 12 mln 853 ming soʻm
  • 20 gramm — 25 mln 706 ming soʻm
  • 50 gramm — 64 mln 264 ming soʻm
  • 100 gramm — 128 mln 528 ming soʻm

Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.


Maʼlumot uchun, 14 mart kuni jahon bozoridagi oltin narxi bir unsiya uchun ilk marotaba 3 000 dollarga koʻtarilgan edi

Ushbu oʻsishning asosiy sababi global miqyosda davom etayotgan savdo urushlari va geosiyosiy noaniqliklar bilan bogʻliq. Bunday noaniqlik sharoitida oltin eng xavfsiz investitsiya vositalaridan biri sifatida qaraladi, bu esa uning narxining oshishiga sabab boʻlmoqda.

Dunyo moliyaviy institutlari oltin narxining bundan ham yuqoriga koʻtarilishini kutmoqda. Xususan, Macquarie Group tahlilchilarining fikriga koʻra, 2025 yilning uchinchi choragida oltin narxi $3 500 ga yetishi mumkin.

 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+