12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

14 710.730 so‘m

decrease

-33.720

159.510 so‘m

increase

1.230

12 938.200 so‘m

decrease

-26.230

27-mart, 18:19
Bank

Oʻzbekiston banklari 2025 yilning dastlabki ikki oyida 2,24 trln soʻm sof foyda koʻrdi

Bu natija oʻtgan yilning shu davriga nisbatan deyarli ikki barobar koʻproqdir.

Oʻzbekiston banklari 2025 yilning dastlabki ikki oyida 2,24 trln soʻm sof foyda koʻrdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston banklari 2025 yil yanvar-fevral oylarida jami 2,24 trln soʻm sof foyda oldi. Bu haqda Markaziy bankning bank tizimi daromadlilik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi hisobotida keltirib oʻtilgan.

Mazkur koʻrsatkich 2024 yilning shu davri bilan solishtirilganda deyarli ikki baravarga yuqori. Oʻtgan yilning dastlabki ikki oyida banklar jami 1,24 trln soʻm sof foyda qayd etgan edi. Shuningdek, bu natija 2023 yildagi 2 trln soʻmlik sof foydadan ham yuqori.

Mazkur davrda banklarning umumiy daromadi 18,9 trln soʻmni tashkil etdi. 

Sof foydaning oshishi natijasida bank tizimining daromadlilik koʻrsatkichlari ham sezilarli yaxshilandi. Banklar kapital rentabelligi (ROE) 7,0 foizdan 11,6 foizgacha oshdi.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yilda banklar sof foydasi sezilarli darajada kamaygan edi. Yil davomida ular jami 6,9 trln soʻm sof foyda koʻrgan boʻlib, bu 2023 yildagi natijaga nisbatan 5,4 trln soʻmga kamdir. 

Oʻsha vaqtda foyda kamayishi asosan davlat ulushi mavjud banklar hisobiga toʻgʻri kelib, 9 ta bankdan 6 tasi yilni zarar bilan yakunlagan edi.

2025 yilda esa banklar moliyaviy holati yaxshilanmoqda. Yilning dastlabki ikki oyida ular oʻtgan yilgi jami foydaning uchdan bir qismini shakllantirishga muvaffaq boʻlishdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+