Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari qancha daromad topadi?
Pinkod nashri ochiq manbalardan foydalangan holda Oʻzbekistonda faoliyat yuritadigan bir qancha OAVlarning 2024 yildagi daromadi, sof foydasi va toʻlagan soliqlarini oʻrgandi.

Xususiy telekanallar
ZO‘R TV
ZO‘R TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan TELERADIOKOMPANIYA ZO‘R MChJ 2024 yilda 203 mlrd 776 mln soʻm daromad topgan. Shundan 71 mlrd 197 mln soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona 2024 yilda jami 37 mlrd 180 mln soʻm soliq toʻlagan.
Sevimli TV
Sevimli TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan MASTER MEDIA PRODUCTION AND BROADCAST MChJ 2024 yilda 233 mlrd 261 mln daromad topgan. Shundan 85 mlrd 644 mln soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona 2024 yilda jami 57 mlrd 26 mln soʻm soliq toʻlagan.
Milliy TV
Milliy TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan MILLIY TELEKANAL MChJ 2024 yilda 137 mlrd 608 mln soʻm daromad topgan. Shundan 28 mlrd 452 mln 500 soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona 2024 yilda jami 24 mlrd 447 mln soʻm soliq toʻlagan.
Uzreport TV
Uzreport TV telekanalining yuridik egasi hisoblangan UZREPORT AXBOROT AGENTLIGI MChJ 2024 yilda 64 mlrd 630 mln soʻm daromad topgan. Shundan 909 mln 620 ming soʻmi sof foyda hisoblanadi.
Korxona 2024 yilda jami 10 mlrd 723 mln soʻm soliq toʻlagan.
Jadval koʻrinishida umumiy maʼlumot
Telekanal nomi | Jami daromadi (soʻmda) | Sof foydasi (soʻmda) | Toʻlagan soliqlari (soʻmda) |
ZO‘R TV | 203 776 234 300 | 71 197 783 300 | 37 180 311 200 |
Sevimli TV | 233 261 958 700 | 85 644 309 400 | 57 026 802 800 |
Milliy TV | 137 608 518 800 | 28 452 169 500 | 24 447 744 800 |
Uzreport TV | 64 630 516 000 | 909 620 000 | 10 723 966 000 |
Xususiy telekanallar ichida eng koʻp daromad topgan, sof foyda olgan va soliq toʻlagan Sevimli TV boʻldi.
Internet-nashrlari
Kun.uz
Kun.uz internet nashrining muassisi hisoblangan Web Expert MChJ 2024 yilda 26 mlrd 42 mln soʻm daromad topgan. Shundan 10 mlrd 816 mln soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona ushbu davrda jami 7 mlrd 578 mln soʻm soliq toʻlagan.
Spot.uz
Spot.uz, Afisha.uz va Zira.uz internet nashrlarining muassisi hisoblangan Afish Media MChJ 2024 yilda 17 mlrd 608 mln soʻm daromad topgan. Shundan 7 mlrd 786 mln soʻm sof daromad hisoblanadi.
Korxona ushbu davrda qancha soliq toʻlaganini aniqlashning imkoni boʻlmadi.
Gazeta.uz
Gazeta.uz internet nashrining muassisi hisoblangan Gazeta News MChJ 2024 yilda 12 mlrd 944 mln soʻm daromad topgan. Shundan 1 mlrd 535 mln soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona ushbu davrda jami 2 mlrd 708 mln soʻm soliq toʻlagan.
Repost.uz
Repost.uz internet nashrining muassisi hisoblangan DT MEDIA CO MChJ 2024 yilda 21 mlrd 590 mln soʻm daromad topgan. Shundan 403 mln soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona ushbu davrda jami 2 mlrd 201 mln soʻm soliq toʻlagan.
Podrobno.uz
Podrobno.uz internet nashrining muassisi hisoblangan AH PODROBNO MChJ 2024 yilda 3 mlrd 565 mln soʻm daromad topgan. Shundan 1 mlrd 636 mln soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona ushbu davrda jami 823 mln soʻm soliq toʻlagan.
Uznews.uz
Uznews.uz internet nashrining muassisi hisoblangan NEWS MEDIA GROUP XK 2024 yilda 5 mlrd 655 mln soʻm daromad topgan. Shundan 3 mlrd 649 mln soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona ushbu davrda jami 978 mln soʻm soliq toʻlagan.
Darakchi.uz
Darakchi.uz internet nashrining muassisi hisoblangan DARAKCHI INFORM SERVIS MChJ 2024 yilda 9 mlrd 830 mln soʻm daromad topgan. Shundan 1 mlrd 251 mln soʻm sof foyda hisoblanadi.
Korxona ushbu davrda qancha soliq toʻlaganini aniqlashning imkoni boʻlmadi.
Jadval koʻrinishida umumiy maʼlumot
OAV nomi | Jami daromadi (soʻmda) | Sof foydasi (soʻmda) | Toʻlagan soliqlari (soʻmda) |
Kun.uz | 26 042 835 000 | 10 816 659 000 | 7 578 276 500 |
Spot.uz | 17 608 067 000 | 7 786 345 000 | — |
Gazeta.uz | 12 944 897 000 | 1 535 828 000 | 2 708 822 000 |
Repost.uz | 21 590 503 870 | 403 543 450 | 2 201 055 608 |
Podrobno.uz | 3 565 848 480 | 1 636 987 240 | 823 550 000 |
Uznews.uz | 5 655 625 510 | 3 649 350 950 | 978 936 652 |
Darakchi.uz | 9 830 452 000 | 1 251 146 000 | — |
Internet-nashrlari orasida eng koʻp daromad topgan, sof foyda olgan va soliq toʻlagan Kun.uz boʻldi.