Olmaliq kon-metallurgiya kombinati birinchi chorakda qariyb 2 trln soʻm sof foyda oldi
Markaziy bankning amaldagi kursi boʻyicha bu koʻrsatkich 154 million AQSh dollarini tashkil qiladi.
Korxonaning sof foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 34,3 foizga yoki 507,6 milliard soʻmga oshgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati(OKMK) 2025 yil birinchi choragi boʻyicha moliyaviy hisobotini taqdim qildi. Unga koʻra, kombinat dastlabki uch oylikni qariyb 2 mlrd soʻmlik sof foyda bilan yakunlagan. Markaziy bankning amaldagi kursi boʻyicha bu koʻrsatkich qariyb 153,8 million AQSh dollarini tashkil qiladi.
Hisobotga koʻra, korxonaning sof foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 34,3 foizga yoki 507,6 milliard soʻmga oshgan.

OKMK balansidagi jami aktivlar 78 trillion soʻmga yetgan boʻlib, chorak boshidan buyon 4,9 trillion soʻmga koʻpaygan. Kompaniyaning taqsimlanmagan foydasi esa 12 trillion soʻmni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, mahsulotlarni sotishdan tushgan sof daromad ham sezilarli darajada oshgan. U 2024 yilning shu davriga nisbatan 36,7 foizga koʻpayib, 9,1 trillion soʻmni tashkil etdi. Biroq daromaddagi bunday oʻsishga qaramay, kompaniya ushbu chorakda oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar kam daromad soligʻi toʻlagan. Jami daromad soligʻi miqdori 453 milliard soʻmni tashkil qilgan.
Umuman olganda, barcha xarajatlar chegirib tashlangach, OKMK 2025 yilning birinchi choragini 1 trillion 987 milliard soʻmlik sof foyda bilan yakunlagan.