12 236.130 so‘m

increase

23.340

14 439.860 so‘m

increase

28.770

159.100 so‘m

decrease

-0.420

12 236.130 so‘m

increase

23.340

2 soat avval
Bank
34

Yosh oilalarga ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi byudjetdan qoplab beriladi

Oʻzbekistonda yosh oilalar uchun ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek, kitob savdosini ragʻbatlantirish maqsadida bir oyda 10 mingtadan ortiq kitob sotgan tadbirkorlarga 1 milliard soʻmgacha 7 foizli imtiyozli ssuda ajratish tizimi joriy etiladi.

Yosh oilalarga ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi byudjetdan qoplab beriladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekiston yosh oilalarga uy-joy olishda ipoteka imtiyozi beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Koʻksaroy qarorgohida yoshlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi. 

Qayd etilishicha, mamlakatda har yili qariyb 270 ming yangi oila tashkil topmoqda. Shu bois yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash masalasi ustuvor yoʻnalish sifatida belgilandi.

“Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi byudjetdan qoplab beriladi”,– dedi Prezident.

Yigʻilishda, shuningdek, axborot xurujlari kuchayib borayotgan bir sharoitda yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish dolzarb vazifa ekani alohida qayd etildi. Bu yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamgʻarmasi orqali isteʼdodli yozuvchilarga ijodiy buyurtmalar beriladi. Unga koʻra, saralab olingan mualliflarga bir yil davomida har oy 20 million soʻmdan haq toʻlanadi.

Bundan tashqari, eng sara xorijiy asarlarni oʻzbek tiliga, milliy adabiyot namunalarini esa xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

Mutasaddilarga yangi oʻquv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar toʻplamini shakllantirib, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablarda eng faol kitobxon oʻquvchilarga 10 million soʻmdan mukofot berish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, kutubxona, “book cafe” va kitob doʻkonlari tashkil etib, oyiga 10 ming donadan ortiq kitob savdosiga erishgan tadbirkorlarga uch yil muddatga 1 milliard soʻmgacha 7 foizli imtiyozli ssuda ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+