11 913.350 so‘m

increase

14.260

13 328.660 so‘m

increase

30.240

142.390 so‘m

increase

0.860

11 913.350 so‘m

increase

14.260

13 soat avval
Bank
97

Yil boshidan beri banklardagi muammoli kreditlar 6 trln soʻmga koʻpaydi

1 sentabr holatiga banklardagi muammoli kreditlar 24 trln soʻmga yetib, jami kredit portfelining 3,7 foizini tashkil etdi. 

Shu davrda umumiy kredit portfeli 7,4 foizga oʻsgan boʻlsa, NPL hajmi 6 trln soʻmga koʻpaydi. 

Eng katta oʻsish Mikrokreditbankda 1,24 trln soʻm, Anorbankda 632,2 mlrd soʻm, Xalq bankida 528,4 mlrd soʻm va Agrobankda 511 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Yil boshidan beri banklardagi muammoli kreditlar 6 trln soʻmga koʻpaydi

2026 yil 1 sentabr holatiga Oʻzbekiston banklaridagi muammoli kreditlar 24 trln soʻmga yetib, jami kredit portfelining 3,70 foizini tashkil etdi. Yil boshidan beri NPL hajmi 6 trln soʻmga yoki 33,1 foizga koʻpaygan.

Shu davrda banklarning umumiy kredit portfeli 604 trln soʻmdan 648,9 trln soʻmga yetdi. Oʻsish 44,9 trln soʻm yoki 7,4 foizni tashkil qildi. Muammoli kreditlar hajmi kredit portfeliga qaraganda qariyb 4,4 baravar tezroq oʻsgan.

Bir yil avval banklarning kredit portfeli 581,1 trln soʻm, muammoli kreditlari esa 21,8 trln soʻm edi. Shundan kelib chiqib, kreditlar yillik hisobda 67,9 trln soʻmga yoki 11,7 foizga, NPL hajmi esa 2,2 trln soʻmga yoki 10,2 foizga oshgan.

Biroq NPLning kredit portfelidagi ulushi bir yil oldingi 3,75 foizdan 3,70 foizga tushgan. Yaʼni yil boshidan beri kreditlar sifati yomonlashgan boʻlsa-da, NPL ulushi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 0,05 foiz punkt pastligicha qolmoqda.

Oʻsishning 62 foizi davlat banklari hissasiga toʻgʻri keldi

Davlat ulushi mavjud banklardagi muammoli kreditlar yil boshidan beri 3,7 trln soʻmga oshib, 16,5 trln soʻmga yetgan. Bu bank tizimidagi jami NPL oʻsishining 62,2 foizini tashkil qiladi.

Davlat ulushi mavjud banklarning kredit portfeli esa 17 trln soʻmga yoki 4,2 foizga oshgan. NPLning portfeldagi ulushi 3,17 foizdan 3,93 foizga koʻtarilgan.

Davlat ulushi mavjud boʻlmagan banklarda kredit portfeli 28 trln soʻmga yoki 14 foizga oʻsib, 227,5 trln soʻmga yetgan. Muammoli kreditlar esa 2,3 trln soʻmga yoki 43,2 foizga koʻpayib, 7,5 trln soʻmni tashkil etgan. NPL ulushi 2,62 foizdan 3,29 foizga oshgan.

Eng katta oʻsish Mikrokreditbankda

Muammoli kreditlarning mutlaq hajmi boʻyicha eng katta oʻsish Mikrokreditbankda qayd etilgan. Bankning NPL hajmi 894 mlrd soʻmdan 2,14 trln soʻmga yetgan — oʻsish 1,24 trln soʻm yoki 139 foiz. NPL ulushi esa 4,41 foizdan 9,20 foizga koʻtarilgan.

Keyingi oʻrinlarda:

 NPL oʻsishiYil boshidagi ulushHozirgi ulush
Anorbank632,2 mlrd soʻm4,75%8,76%
Xalq banki528,4 mlrd soʻm3,07%4,15%
Agrobank511 mlrd soʻm3,33%3,39%
TBS Bank440,5 mlrd soʻm5,71%13,37%
Biznesni rivojlantirish banki421,7 mlrd soʻm4,52%5,85%
Aloqabank378,1 mlrd soʻm2,54%3,77%
Hamkorbank238,3 mlrd soʻm0,80%1,40%
Oriyent Finans Bank235,8 mlrd soʻm0,15%1,87%
Asakabank203,6 mlrd soʻm3,62%4,37%

Oʻzmilliybank, Ipak Yoʻli Bank, SQB, Kapitalbank, Turonbank, Hayot Bank, Tenge Bank, Trastbank, Asia Alliance Bank, Garant bank, Madad Invest Bank, Universalbank, Infinbank, Ziraat Bank Uzbekistan, AVO bank, Poytaxt Bank, Open Bank, Apex Bank va Uzum Bankda ham NPL hajmi oshgan.

Umuman, yil boshi bilan taqqoslash mumkin boʻlgan 34 ta bankning 29 tasida muammoli kreditlar koʻpaygan.

Uchta bankda NPL kamaydi

Muammoli kreditlar hajmi faqat uchta bankda qisqargan:

  • Ipoteka-bankda — 145,2 mlrd soʻmga, 1,26 trln soʻmdan 1,11 trln soʻmga;
  • Davr Bankda — 2,3 mlrd soʻmga;
  • Soderot Bankda — 326 mln soʻmga.

KDB Bank Oʻzbekiston va Oktobankda yil boshida ham, 1 sentabr holatiga ham muammoli kreditlar qayd etilmagan.

NPL ulushining eng katta pasayishi Poytaxt Bankda kuzatilgan — 24,4 foizdan 13,2 foizga yoki 11,22 foiz punktga. Biroq bankdagi muammoli kreditlarning mutlaq hajmi 24,3 mlrd soʻmga oshgan. Ulushning kamayishiga kredit portfelining NPLdan tezroq kengayishi sabab boʻlgan.

NPL ulushi eng tez Madad Invest Bankda oshdi

Muammoli kreditlar ulushidagi eng katta oʻsish Madad Invest Bankda qayd etilgan. Koʻrsatkich 0,62 foizdan 10,04 foizga, yaʼni 9,42 foiz punktga oshgan.

Keyingi oʻrinlarda TBC Bank — 7,66 foiz punkt, Mikrokreditbank — 4,79 foiz punkt va Anorbank — 4,01 foiz punkt bilan qayd etilgan.

Hozirgi NPL hajmi boʻyicha Agrobank 3,21 trln soʻm bilan birinchi oʻrinda turibdi. Undan keyin Oʻzmilliybank — 3,17 trln soʻm va Mikrokreditbank — 2,14 trln soʻm keladi.

Kredit portfelidagi NPL ulushi boʻyicha esa TBC Bank 13,37 foiz bilan eng yuqori koʻrsatkichga ega. Poytaxt Bankda bu koʻrsatkich 13,18 foiz, Madad Invest Bankda 10,04 foiz, Mikrokreditbankda 9,20 foiz va Anorbankda 8,76 foizni tashkil etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+