Yil boshidan beri aholiga qaytarilgan keshbek hajmi 400 milliard soʻmdan oshdi
Yanvar-aprel oylarida 5,4 million foydalanuvchi Soliq mobil ilovasi orqali 472,6 millionta chekni roʻyxatdan oʻtkazgan.

Davlat soliq qoʻmitasi bergan maʼlumotlarga koʻra, 2025 yilning dastlabki toʻrt oyida aholiga xaridlar uchun jami 412,6 milliard soʻm miqdorida keshbek toʻlab berilgan. Faqatgina aprel oyining oʻzida esa 105,6 milliard soʻmlik keshbek qaytarilgan.
Yanvar-aprel oylarida 5,4 million foydalanuvchi Soliq mobil ilovasi orqali 472,6 millionta chekni roʻyxatdan oʻtkazgan. Ulardan 112,2 million chek aprel oyida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

Hududlar kesimida koʻrilganda, aprel oyida eng koʻp keshbek Toshkent shahriga toʻgʻri kelgan – 42,2 milliard soʻm. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent viloyati – 11 milliard soʻm, Samarqand viloyati – 7,9 milliard soʻm, Fargʻona viloyati – 7,2 milliard soʻm va Andijon viloyati – 5,1 milliard soʻm qayd etilgan.
Shuningdek, 2025 yilning dastlabki toʻrt oyi yakunlariga koʻra, keshbek mablagʻlari quyidagicha taqsimlangan:
- Toshkent shahri – 170,5 milliard soʻm
- Toshkent viloyati – 41,2 milliard soʻm
- Samarqand viloyati – 33,8 milliard soʻm
- Fargʻona viloyati – 26,95 milliard soʻm
- Andijon viloyati – 19,5 milliard soʻm