12 199.100 so‘m

increase

30.120

14 585.240 so‘m

decrease

-2.930

160.490 so‘m

increase

0.600

12 199.100 so‘m

increase

30.120

03-noyabr, 2025
Iqtisodiyot
377

UzAuto Motors 9 oyda 2,7 trln soʻm sof foyda oldi

2025 yilning toʻqqiz oyida UzAuto Motors 2 trln 655 mlrd soʻm sof foyda oldi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 foizga kamroqdir. Shu bilan birga, kompaniyaning mahsulot sotuvidan tushgan tushumi 12,8 foizga qisqargan.

UzAuto Motors 9 oyda 2,7 trln soʻm sof foyda oldi
Foto: AI / Pinkod.uz

2025 yilning yanvar–iyun oylarida UzAuto Motors kompaniyasining sof foydasi biroz pasaygan. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida maʼlum qilingan.

Hisobotga koʻra, joriy yilning toʻqqiz oyida kompaniya 2 trln 655 mlrd soʻm sof foyda olgan. Uchinchi chorakning oʻzida (iyul–sentabr) sof foyda 1,3 trln soʻm, yilning dastlabki olti oyida (yanvar–iyun) esa 1,4 trln soʻmni tashkil etgan. Kompaniya uch oyda deyarli olti oylik darajadagi foyda olgan.

Kompaniyaning sof foydasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3,6 foizga yoki 99,6 mlrd soʻmga kamaygan.

Shuningdek, mahsulot sotuvidan tushgan sof tushum 35,4 trln soʻmni tashkil qilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,8 foizga kam. Taqqoslash uchun, 2024 yilning shu davrida kompaniya 40,6 trln soʻmlik mahsulot sotgan edi.

Shunga qaramay, ishlab chiqarish xarajatlarining 12,1 foizga kamayishi hisobiga sof foydada keskin pasayish kuzatilmagan. Bundan tashqari, korxona mazkur davrda 573 mlrd soʻm miqdorida soliq toʻlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+