12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

17-fevral, 19:00
Iqtisodiyot

Uy-joyga investitsiya kiritish oʻz daromadliligini yoʻqotmoqdami?

Tahlillarga koʻra, bunday turdagi sarmoyalarning foydaliligi bir yil ichida 4 barobardan koʻproqqa kamaygan.

Uy-joyga investitsiya kiritish oʻz daromadliligini yoʻqotmoqdami?
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston bozorida uzoq yillar davomida eng barqaror va ishonchli investitsiya vositalaridan biri sifatida qaralgan uy-joyga investitsiya qilish soʻnggi vaqtlarda daromadlilik jihatidan orqaga chekinmoqda. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan oʻtkazilgan tahlillar ham bu tendensiyani tasdiqlamoqda.

Soʻnggi oylarda Toshkent shahrida koʻp qavatli uy-joylarga investitsiya kiritishdan olinadigan daromadlilik sezilarli darajada pasaydi. 2024 yil fevral oyida 32,4 foizni tashkil qilgan daromadlilik darajasi 2025 yil yanvar oyiga kelib 7,6 foizga tushdi. Bu pasayish koʻchmas mulk bozoridagi muhim oʻzgarishlar va bank depozitlarining jozibadorligi ortib borayotgani bilan bogʻliq.

Uy-joy bozoriga sarmoya kiritish orqali daromad olishning ikki asosiy manbasi mavjud:

  1. Ijara daromadi – uy-joyni ijaraga berish orqali muntazam daromad olish;
  2. Kapital foyda – vaqt oʻtishi bilan koʻchmas mulk narxining oʻzgarishi orqali daromad topish.
Diagramma: MHTI

Biroq, bugungi kunda Toshkent bozorida ushbu ikkala manba boʻyicha ham pasayish kuzatilmoqda.

Kapital foydaning pasayishi

Uy-joy narxlari oʻsishi sekinlashgani sababli kapital foyda keskin tushib ketdi. Masalan, 2024 yil fevral oyida Yakkasaroy tumanida uy-joy narxi oʻzgarishidan oʻrtacha 16,1 foiz daromad olish imkoni boʻlsa, 2025 yil yanvarda bu koʻrsatkich 3,0 foizgacha pasaydi. Bektemir (2,8 foiz) va Chilonzor (0,3 foiz) tumanlarida ham shunga oʻxshash holat kuzatildi.

Ijara daromadlarining dinamikasi

Ijaradan olinadigan daromadlar ham pasayish tendensiyasini koʻrsatmoqda. Misol uchun, Mirobod tumanida bu koʻrsatkich 2024 yil fevral oyida 10,4 foiz boʻlgan boʻlsa, 2025 yil yanvarga kelib 10,0 foizgacha tushgan. Xuddi shunday pasayish Mirzo Ulugʻbek va Shayxontohur tumanlarida ham kuzatildi.

Depozit foydaliroq

Uy-joy bozoridagi ushbu pasayish fonida bank depozitlari jozibadorlik kasb etmoqda. 2023–2024 yillar davomida chet el valyutasidagi depozitlarning oʻrtacha daromadliligi 5 foizni tashkil etgan boʻlsa, milliy valyutadagi depozitlarda bu koʻrsatkich 21–22 foiz atrofida shakllandi. Biroq, 2025 yil boshidanoq ikkita eng yuqori omonat foizlarini taklif qiluvchi “Anorbank” va TBC Bank oʻz stavkalarini pasaytirdi. Natijada hozirda mamlakatdagi hech qaysi bank 27 foizli omonatlarni taklif qilmayapti.

Shunday boʻlsa-da, nisbiy olib qaralganda depozitlar investitsion jozibadorlik boʻyicha uy-joydan oldinda bormoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+