12 002.100 so‘m

increase

14.210

13 166.300 so‘m

increase

51.550

146.020 so‘m

increase

0.610

12 002.100 so‘m

increase

14.210

Yaqin 3 soat ichida
Bank
40

Trastbank’dan Hayot Bank’kacha: uchta bank ustav kapitalini oshirishga qaror qildi

Trastbank ustav kapitalini ikki baravar oshirib, 2 trln 500 mln soʻmga yetkazdi. Hayot Bank 150 mlrd soʻmlik qoʻshimcha aksiya chiqarib, ustav kapitalini 1 trln soʻmga yetkazmoqchi. Garant Bank kuzatuv kengashi esa 300 mlrd soʻmlik yangi aksiyalar chiqarishni tasdiqladi.

Trastbank’dan Hayot Bank’kacha: uchta bank ustav kapitalini oshirishga qaror qildi

Korporativ axborot yagona portalida eʼlon qilingan qarorlarga koʻra, Trastbank va Hayot Bank’da ustav kapitaliga oid qarorlar 20 noyabr kuni, Garant Bank’da esa 24 noyabr kuni qabul qilingan.

Trastbank aksiyadorlari yakuniga yetgan emissiya natijalarini tasdiqlagan. Qolgan ikki bankda aksiyalarni joylashtirish emissiya davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.

Trastbank aksiyadorlari 28-qoʻshimcha emissiya yakunlarini tasdiqladi. Bank 1 trln 250 mln soʻmlik aksiya joylashtirgan. Natijada uning ustav kapitali 1 trln 250 mln soʻmdan 2 trln 500 mln soʻmga yetgan. Aksiyadorlar yangi miqdorni bank ustavida ham aks ettirishga qaror qilgan.

Hayot Bank’ning yagona aksiyadori Botir Rahimov ustav kapitalini 150 mlrd soʻmga oshirishga qaror qildi. Bank har biri 1 000 soʻmdan 150 mln dona oddiy aksiya chiqaradi va ularning barchasini yopiq obuna orqali Rahimovga joylashtiradi. Emissiya toʻliq joylashtirilsa, bank ustav kapitali 17,6 foizga oshib, 1 trln soʻmga yetadi.

Garant Bank kuzatuv kengashi 300 mlrd soʻmlik qoʻshimcha emissiyani tasdiqladi. Bank har birining nominal qiymati 100 soʻm boʻlgan 3 mlrd dona oddiy aksiya chiqaradi. Amaldagi aksiyadorlar ularni oʻzlariga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda imtiyozli sotib olish huquqiga ega. Bu huquq uchun ajratilgan 10 kalendar kun tugagach, qolgan aksiyalar yopiq obuna orqali Aziz Axrarovga joylashtiriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+