“Trastbank” boshqaruv raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Trastbank Kuzatuv kengashi qaroriga koʻra, Madamanjinov Mashxurbek Boshqaruv raisi oʻrinbosari sifatida bank boshqaruvi tarkibiga kiritildi.
Shu bilan birga, 2022 yildan buyon bankning Gʻaznachilik departamenti direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan Jalil Usmanaliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan boshqaruv tarkibidan chiqarildi.

2026 yil 26 fevral kuni “Trastbank” XAB Kuzatuv kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda bank rahbariyati tarkibini yangilash masalasi koʻrib chiqildi.
Kengash qaroriga muvofiq, Madaminjonov Mashxurbek Yoqubjon oʻgʻli “Trastbank” Boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlangan, hamda shu munosabat bilan bank Boshqaruvi tarkibiga kiritilgan. Uning nomzodi Markaziy bank huzuridagi tegishli komissiya tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan. Kuzatuv kengashi aʼzolari mazkur qarorni bir ovozdan maʼqulladi.

Mashxurbek Madaminjonov 1986 yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotga ega: 2008 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2021 yilda esa Bank-moliya akademiyasi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi — menejment va tijorat banklarini boshqarish.
Shuningdek, 2022 yil aprel oyidan buyon Gʻaznachilik departamenti direktori lavozimida ishlab kelgan Usmanaliyev Jalil Baxtiyorovich boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan bank Boshqaruvi aʼzoligidan chiqarildi.









