12 998.910 so‘m

increase

13.900

13 439.570 so‘m

increase

154.610

131.290 so‘m

increase

1.450

12 998.910 so‘m

increase

13.900

11-yanvar, 19:48
Iqtisodiyot

Toshkentda uy-joy ijara narxlari qanday oʻzgarmoqda?

Sergelida uy-joy ijarasi eng arzon boʻlsa, Mirobod narxlar boʻyicha eng qimmat tuman boʻlgan.

Toshkentda uy-joy ijara narxlari qanday oʻzgarmoqda?
Foto: AI

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan oʻtgan yil dekabr oyidagi ijara narxlari tahlili oʻtkazildi. Mazkur davrda poytaxtda oʻrtacha taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari avvalgi oyga nisbatan 0,9 foizga pasaygan boʻlsa, toʻliq taʼmirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha narxlar 0,7 foizga koʻtarildi.

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

Oʻrtacha taʼmirlangan uy-joylar segmentidagi barcha hajmdagi xonadonlarda ijara narxi tushishi kuzatilgan:

1 xonali: -0,7% ↓

2 xonali: -0,4% ↓

3 xonali: -1,3% ↓

4 xonali: -0,8% ↓

Hududlar kesimida

(Tushuntirish: qavs ichida ichida avvalgi oyga nisbatan farq berilgan).

Eng arzon narxlar (AQSh dollari):

TumanlarSergeliOlmazor
1 xonali296 (-2)286 (-44)
2 xonali345 (-15)353 (-11)
3 xonali414 (+10)426 (-37)
4 xonali451 (+40)457 (-22)

Yeng qimmat narxlar (AKSh dollari):

TumanlarMirobodYakkasaroy
1 xonali374 (-4) 380 (+13)
2 xonali510 (-6)521 (+33)
3 xonali634 (-46) 667 (-1)
4 xonali800 (-65)733 (-10)

Toʻliq taʼmirlangan uy-joylar ijarasi

Bu segmentdagi barcha hajmdagi uylar ijara narxida dekabr oyida yuqorilash kuzatilgan:

1 xonali: +0,7% ↑

2 xonali: +1,1% ↑

3 xonali: +0,9% ↑

4 xonali: +3,8% ↑

Hududlar kesimida

Eng arzon narxlar (AQSh dollari):

TumanlarSergeliUchtepa
1 xonali321 (-10) 365 (+12)
2 xonali415 (+5)453 (+3)
3 xonali508 (-1)524 (-30)
4 xonali613 (+26)644 (-44)

Eng qimmat narxlar (AQSh dollari):

TumanlarMirobodShayxontohur
1 xonali486 (+7)535 (+15)
2 xonali725 (+7)735 (+5)
3 xonali1033 (+49)1104 (+72)
4 xonali1356 (+43)1303 (+45) 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+