11 772.950 so‘m

decrease

-35.810

13 224.550 so‘m

decrease

-179.570

141.140 so‘m

decrease

-1.020

11 772.950 so‘m

decrease

-35.810

6 soat avval
Bozor
79

Toshkentda bir sotix yerning oʻrtacha narxi 292 mln soʻmgacha pasaydi

Toshkent shahrida bir sotix yerning oʻrtacha taklif narxi 2026 yil iyunida qariyb 292 mln soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan 9 foizga past. May oyidagi keskin pasayishdan keyin esa iyunda narxlar bir oyda 2,6 foizga tiklangan. 

Toshkentda bir sotix yerning oʻrtacha narxi 292 mln soʻmgacha pasaydi

Toshkent shahrida yer uchastkalari narxlarining yillik pasayishi davom etmoqda. Markaziy bankning 2026 yil II choragi boʻyicha koʻchmas mulk bozori tahliliga koʻra, iyun oyida 100 kvadrat metr — yaʼni bir sotix yerning oʻrtacha taklif narxi qariyb 292 mln soʻm boʻlgan. 

Bu bir yil avvalgiga nisbatan 9 foizga arzon. Hisob-kitobdan kelib chiqilsa, 2025 yil iyunida bir sotix yerning oʻrtacha taklif narxi qariyb 321 mln soʻm boʻlgan. Yaʼni bir yil ichida oʻrtacha narx taxminan 29 mln soʻmga kamaygan.

Shu bilan birga, narxlar pasayishi bir tekis davom etmagan. Markaziy bank maʼlumotiga koʻra, may oyidagi keskin tushishdan keyin iyunda yer narxlari oylik hisobda 2,6 foizga tiklangan. 

Toshkent shahrida yer uchastkalari narxi 2024 yildagi yuqori darajalardan sezilarli pasaygan. 2024 yil boshida bir sotix yerning oʻrtacha taklif narxi qariyb 380 mln soʻmgacha yetgan boʻlsa, 2026 yil iyunida bu koʻrsatkich 292 mln soʻmni tashkil etdi.

Taklif hajmida ham qisqarish kuzatilgan. Ochiq internet platformalaridagi eʼlonlar tahliliga koʻra, II chorakda yer uchastkalari boʻyicha eʼlonlar soni I chorakka nisbatan 3 foizga kamaygan. Ayni paytda birlamchi bozordagi uy-joy eʼlonlari 5,5 foizga, ijara eʼlonlari esa 4,9 foizga oshgan. 

Yer bozoridagi pasayish Toshkent koʻchmas mulk bozorining boshqa segmentlaridagi dinamika bilan farq qilmoqda. Iyun oyida koʻp qavatli uylardagi xonadonlar narxi birlamchi bozorda soʻm hisobida yillik 6,2 foizga, ikkilamchi bozorda esa 6,3 foizga oshgan. Dollar hisobida oʻsish mos ravishda 12 va 12,2 foizni tashkil etgan. 

Ijara bozorida ham narxlar yuqorilashda davom etgan. Toshkentda iyun oyida xonadonlarning oʻrtacha taklif ijara narxi bir kvadrat metr uchun oyiga 9,5 dollar yoki qariyb 114 ming soʻmni tashkil etgan. Bu bir yil avvalgiga nisbatan soʻmda 5,8 foiz, dollarda esa 11,6 foizga yuqori. 

Umuman, 2026 yil II choragida koʻchmas mulk bozorida 74,4 mingta oldi-sotdi bitimi rasmiylashtirilgan va bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan deyarli oʻzgarmagan. Shu davrda ipoteka kreditlari hajmi 48 foizga oshib, 7,4 trln soʻmni tashkil etgan. 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+