12 460.700 so‘m

decrease

-21.680

14 545.380 so‘m

increase

4.660

155.060 so‘m

decrease

-0.170

12 460.700 so‘m

decrease

-21.680

1 kun avval
Texnologiya

Telegram’da katta yangilanish taqdim etildi

Messenjerning soʻnggi yangilanishi profilga musiqa qoʻshish, Android uchun zamonaviy dizayn, hadyalarga asoslangan eksklyuziv chat mavzulari va bir qator qoʻshimcha imkoniyatlarni oʻz ichiga oldi.

Telegram’da katta yangilanish taqdim etildi
Foto: AI / Pinkod.uz

Telegram’da navbatdagi yangilanish taqdim etildi. Bu safargi yangilanish profilga musiqa qoʻshish, birlamchi profil sahifasini tanlash, kolleksiyalanadigan hadʼyalarga mos noyob chat mavzularini belgilash, doʻstlarga hadyalarini yuksaltirishda yordam berish va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

Profildagi musiqa

Endi istalgan chatdagi audio fayllarni media pleyerda bir marta bosish orqali profilga qoʻshishingiz mumkin. Trek profilga qoʻshilgach, u foydalanuvchi rasmi ostidagi zamonaviy panelda koʻrinadi.

Profilga treklar qoʻshilganda u avtomatik ravishda avvalgi qoʻshiqlarni oʻz ichiga olgan pleylist yaratadi.

Profilingizga musiqa qoʻshish uchun media pleyerdagi “Profilga qoʻshish” tugmasini bosing yoki ushbu trekni tanlab, Saqlash… > Profil bandini bosing.

Android uchun yangi profil dizayni

Yaqinda oʻtkazilgan tanlov tufayli Android qurilmalaridagi profillar endi iOS’da birinchi boʻlib joriy etilgan zamonaviy yangi dizayn va varaqlash animatsiyalariga ega boʻldi.

Telegram muntazam ravishda dasturchilar, dizaynerlar, kontent yaratuvchilar va boshqalar uchun tanlovlar oʻtkazadi — baʼzilariga esa Telegram jamoasiga qoʻshilish imkoniyatini ham beradi.

Birlamchi profil sahifasi

Endi profil ochilganda birinchi boʻlib qaysi sahifa koʻrinishini tanlash mumkin — bu orqali saqlangan hikoyalar yoki hadya kolleksiyalar yaxshiroq namoyish qilinadi.

Profilingizda birlamchi sahifani oʻzgartirish uchun Sozlamalar > Profilim rukniga kiring, sahifani bosib turing va Asosiy sahifa sifatida belgilash bandini tanlang.

Hadya mavzulari

2021 yildan boshlab Telegram foydalanuvchilari alohida chatlarga mavzularni qoʻllash imkoniyati yaratilgan. Endilikda esa Telegram hadyalari asosida yaratilgan oʻnlab yangi dinamik chat fon rasmlari bu roʻyxatga qoʻshilmoqda.

Bu fon rasmlarini ochishning yagona yoʻli — hadyaga egalik qilish. Har bir fon rasmi hadya atributlariga asoslangan boʻlib, model va fon yordamida har bir kolleksiya uchun noyob mavzu hosil qiladi. Bitta hadya bitta chat uchun bitta mavzuni ochadi.

Boshqa foydalanuvchilar uchun hadyalarni yuksaltirish

Endi siz boshqa birovning profilida yulduzlari kamroq boʻlsa yoki hadyani yuksaltirish mumkinligini bilmagan boʻlsa, hadʼyani yuksaltirish xarajatini qoplash uchun yulduzlar yuborishingiz mumkin. Agar foydalanuvchi keyinchalik hadyasini yuksaltirishga qaror qilsa, bu u uchun bepul boʻladi.

Yangi “Yuksaltirish mumkin” filtri yordamida yuksaltirish mumkin boʻlgan hadyalarni oson topish mumkin. Shuningdek, “Keyingi hadyani yuksaltirish” tugmasi bilan bir nechta hadyani ketma-ket yuksaltirish mumkin.

Hadya qiymati

Foydalanuvchilar Telegram ichidagi Hadyalar marketpleysida kolleksiyalanadigan hadyalar bilan xavfsiz tarzda savdo qilishi mumkin.

Hadyaning atributlarini koʻrishda yangi “Qiymat” maydoni uning taxminiy qayta sotish narxini koʻrsatadi. Uni kengaytirib, shu kolleksiyadagi boshqa hadyalarning oʻrtacha sotilish narxi kabi qoʻshimcha statistikalarni koʻrish mumkin.

Stikerlar mini ilovasi

Telegram foydalanuvchilari ichki muharrir yordamida maxsus stikerlar yaratishi va @Stickers boti orqali toʻplamlarni boshqarishi mumkin.

Bugundan boshlab yangi @Stickers mini ilovasi yordamida stiker va emojilar yaratishingiz, toʻplamlaringizni boshqarishingiz va batafsil foydalanish statistikasini koʻrishingiz mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+