12 058.450 so‘m

decrease

-27.110

13 818.980 so‘m

decrease

-51.620

164.040 so‘m

decrease

-0.480

12 058.450 so‘m

decrease

-27.110

3 soat avval
Bank
65

TBC Bank ustav kapitalini 340 mlrd soʻmga oshirmoqda

TBC Bank har birining nominal qiymati 1 ming soʻm boʻlgan 340 mln dona qoʻshimcha aksiya chiqaradi. Ularning barchasi yopiq obuna asosida bank aksiyadori — “TBC DIGITAL” AJga joylashtiriladi.

TBC Bank ustav kapitalini 340 mlrd soʻmga oshirmoqda

TBC Bank aksiyadorlari bank ustav kapitalini qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hisobiga 340 mlrd soʻmga oshirishga qaror qildi.

Bankning 18 iyun kuni oʻtkazilgan navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yigʻilishida 340 mln dona oddiy, egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi aksiyalarni chiqarish maʼqullangan. Har bir aksiyaning nominal va joylashtirish qiymati 1 ming soʻm etib belgilangan.

Qoʻshimcha aksiyalarning barchasi yopiq obuna asosida bank aksiyadori — “TBC DIGITAL” AJga joylashtiriladi. Aksiyalar uchun toʻlov Oʻzbekiston milliy valyutasida, naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.

Aksiyalar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kun ichida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Jarayonga anderrayterlar jalb qilinmaydi.

Yigʻilishda, shuningdek, bank ustaviga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorlar ham tasdiqlangan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+