11 963.230 so‘m

increase

50.850

13 970.660 so‘m

increase

97.500

155.350 so‘m

increase

1.960

11 963.230 so‘m

increase

50.850

Yaqin 2 soat ichida
Bozor
20

Tarixiy bitim: Netflix Warner Bros.’ni $83 mlrdga sotib oladi

Netflix Gollivudning eng yirik studiyalaridan biri boʻlgan Warner Bros’ning kino-studiya, televideniye va HBO Max’ni oʻz ichiga olgan aktivlarini 82,7 mlrd dollarga xarid qilmoqda. 

Bitim yakunlansa, Netflix nafaqat striming bozorini, balki butun Gollivud oʻyin qoidalarini oʻzgartirib yuborishi mumkin.

Tarixiy bitim: Netflix Warner Bros.’ni $83 mlrdga sotib oladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Netflix Warner Bros. Discovery’ning kino-studiya, televideniye va HBO Max striming xizmatini oʻz ichiga olgan aktivlarini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini eʼlon qildi. Bu haqda New York Times xabar berdi.

Bitim naqd pul va aksiyalardan iborat boʻlib, 2026 yilning uchinchi choragida, Warner Bros. Discovery kabel telekanallarini alohida kompaniyaga ajratib boʻlgach yopilishi kutilmoqda.

Bu qaror Gollivud uchun katta oʻzgarish boʻladi. Netflix allaqachon 300 milliondan ortiq obunachiga ega eng yirik striming platformasi, Warner Bros. aktivlari qoʻshilishi esa uni yanada ulkan oʻyinchiga aylantiradi. Bu birlashuv kompaniyaga kinoteatrlar, kontent ishlab chiqaruvchilar va kasaba uyushmalari bilan muzokaralarda kuchliroq pozitsiya beradi. Kichikroq media kompaniyalar esa raqobatga dosh berish uchun birlashishga majbur boʻlishi mumkin.

Netflix’ning katta xaridga kirishgani koʻpchilikni hayratda qoldirdi, chunki kompaniya koʻproq “oʻzimiz yaratamiz” falsafasiga amal qilib kelgan. Shunga qaramay, Netflix Warner Bros. filmlarining kinoteatrlardagi namoyishlarini davom ettirishga vaʼda berdi. Bu esa Netflix uchun yangicha yondashuvdir.

Warner Bros.’ni sotib olishga Comcast va Paramount ham harakat qilayotgan edi. Paramount rahbari Devid Ellison hatto Warner Bros. Discovery’ni CNN va TNT kabi telekanallari bilan birga toʻliq sotib olishga urinayotgan edi. Comcast esa studiyalar va HBO Max’ga daʼvogarlik qilgan. Ammo yakunda Netflix’ning taklifi eng kuchli boʻlib chiqdi. 

Siyosiy omillar

Har qanday yirik bitim federal regulyatorlarning roziligini talab qiladi. Trump maʼmuriyati bu masalada qanday qaror qilishi esa antimonopoliya masalalarini qanday talqin qilishiga bogʻliq boʻladi. Ayniqsa, Apple va Amazon kabi texnologik gigantlar ham media bozorining asosiy raqobatchilariga aylangan bir paytda.

Siyosiy omillar ham taʼsir qilishi mumkin. Masalan, Paramount rahbari Ellison Trump bilan yaxshi munosabatga ega boʻlsa, aksincha Comcast bosh direktori Brayan Roberts prezident bilan kelishmay qolgan. Trump hatto uni omma oldida tanqid qilgan.

Kino ishlab chiqaruvchilarining anonim guruhi Kongressga maktub yoʻllab, Netflixning Warner Bros.ni sotib olishi ularning fikricha kinoteatrlar kelajagi uchun xavf tugʻdirishini aytishdi. Ular Netflixning strimingni birinchi oʻringa qoʻyishini, natijada kinoteatr namoyishlari zarar koʻrishini taʼkidlagan.

Warner Bros. va HBO haqida

Warner Bros. Gollivud tarixining eng afsonaviy studiyalaridan biridir. Uning 100 yillik kino kutubxonasi “Casablanca”, “The Maltese Falcon”, “The Shining”, “Dirty Harry” kabi klassik filmlarni oʻz ichiga oladi. 

Shuningdek, koʻpchilikka maʼlum va mashhur Garri Potter filmlari ham Warner Bros.’ga tegishli. 

Warner Bros 2021 movies

Soʻnggi mavsumda studiya ketma-ket sakkizta yirik xit chiqardi. Rayan Kuglerning “Sinners” hamda Pol Tomas Andersonning “One Battle After Another” filmlari yaqinlashib kelayotgan Oskar marosimining asosiy daʼvogarlaridan boʻlishi kutilmoqda.

HBO esa premium televideniyening global yetakchisi boʻlib qolmoqda. “Sopranos”, “The White Lotus”, “The Wire” kabi loyihalar butun dunyo boʻylab katta auditoriyaga ega.

HBO Max Joins the Amazon Prime Channel Lineup

Agar bitim amalga oshsa, Netflix “Friends”, “Game of Thrones”, Bugs Bunny kabi allaqachon shakllangan kuchli brendlar, shuningdek, yuzlab yillar davomida qadri yoʻqolmaydigan kino merosini qoʻlga kiritadi.

Shuningdek, Netflix DC Comics filmlarining katta qismini oʻziniki qiladi. Bu esa platformaga katta miqdorda muxlislar oqimini olib keladi.

Netflix oʻz platformasida “Stranger Things” kabi yangi xitlar yaratgan boʻlsa-da, uzoq muddatli, avloddan-avlodga oʻtadigan franshizalar ularga yetishmayotgandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+