11 808.760 so‘m

decrease

-12.420

13 404.120 so‘m

decrease

-15.280

142.160 so‘m

increase

1.720

11 808.760 so‘m

decrease

-12.420

11-avgust, 15:24
Soliq
520

Soliq qoʻmitasi xarid cheklarining soddalashtirilgan shaklini joriy etdi

Yangi shaklda faqat xarid qilingan mahsulot yoki xizmat nomi, uning narxi va chekning yakuniy summasi koʻrsatiladi. Foydalanuvchilar elektron chekni toʻliq shaklda ham koʻrishi mumkin.

Soliq qoʻmitasi xarid cheklarining soddalashtirilgan shaklini joriy etdi

Soliq qoʻmitasi elektron fiskal cheklarni toʻliq yoki soddalashtirilgan shaklda koʻrish imkoniyatini joriy etdi. Yangi formatda faqat xarid qilingan mahsulot yoki xizmat nomi, uning narxi hamda chekning umumiy summasi koʻrsatiladi.

Avval elektron cheklarda MXIK kodi, oʻlchov birligi, QQS summasi, chegirmalar, soliq stavkalari va boshqa rekvizitlar birgalikda aks ettirilardi. Bu maʼlumotlar soliq nazorati uchun zarur boʻlsa-da, xaridorning chekdagi asosiy hisob-kitobni tezda tushunishini qiyinlashtirishi mumkin edi.

Endi foydalanuvchi chekni ochganda uning toʻliq yoki soddalashtirilgan koʻrinishini mustaqil tanlay oladi. Formatlar oʻrtasida istalgan vaqtda almashish mumkin.

Bunda toʻliq chekdagi maʼlumotlar oʻchirib tashlanmaydi. MXIK kodlari, QQS, chegirmalar va boshqa fiskal rekvizitlar saqlanib qoladi hamda toʻliq koʻrinishda mavjud boʻladi.

Shuningdek, elektron chek nusxasini qurilmaga saqlash va boshqa foydalanuvchilarga yuborish imkoniyati ham mavjud.

Elektron fiskal chekni smartfon kamerasi orqali undagi QR-kodni skanerlash yoki “Soliq” mobil ilovasidan foydalanish orqali tekshirish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+