12 037.210 so‘m

increase

43.680

14 071.500 so‘m

increase

17.480

159.620 so‘m

increase

1.100

12 037.210 so‘m

increase

43.680

7 daqiqa avval
Bank
34

Shuxrat Yakubov Oʻzsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi

Oʻzsanoatqurilishbank Kuzatuv kengashi qaroriga koʻra, Shuxrat Yakubov Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. 

U faoliyatini Bank boshqaruvi raisining xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida davom ettiradi. 

Uning oʻrniga Abdurashid Xakimov Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Shuxrat Yakubov Oʻzsanoatqurilishbank boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi
Foto: Chapda Shuhrat Yakubov — Oʻngda Abdurashid Xakimov

30 aprel kuni Oʻzsanoatqurilishbank Kuzatuv kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bank boshqaruvi tarkibiga oid tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

Yigʻilish qaroriga koʻra, Shuxrat Isroilavich Yakubovning Bank boshqaruvi aʼzosi sifatidagi vakolatlari tugatildi. Shuningdek, u Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuhrat Yakubov 2020 yil oktabridan beri mazkur lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Shu bilan birga, Yakubov Bank boshqaruvi raisining xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga oʻtkazildi.

Bundan tashqari, Abdurashid Baxrom oʻgʻli Xakimovning nomzodi Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari hamda boshqaruv aʼzosi lavozimlariga tasdiqlandi. U Markaziy bank bilan belgilangan tartibda kelishuvdan soʻng lavozimga kirishadi.

Xakimov 2023 yil dekabr oyidan buyon bankning Moliya institutlari va investorlar bilan ishlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha esa Korporativ biznes departamenti direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+