12 880.000 so‘m

increase

19.910

13 507.260 so‘m

decrease

-8.690

124.010 so‘m

increase

0.370

12 880.000 so‘m

increase

19.910

18-oktabr, 11:00
Yangiliklar

Shimoliy koreyalik hakerlar yadroviy dastur uchun 3 mlrd dollar oʻgʻirlagan — Microsoft

KXDRda hakerlar guruhi sonining oshib borishi Kim Chen In rejimi tovlamachilik bilan bogʻliq hakerlik faoliyatidagi ishtirokini kengaytirib borayotganidan dalolat beradi.

Shimoliy koreyalik hakerlar yadroviy dastur uchun 3 mlrd dollar oʻgʻirlagan — Microsoft

Shimoliy koreyalik hakerlar 2017 yildan beri 3 milliard dollarlik kriptovalyutalarni oʻgʻirlagan. Bu haqda Microsoft kompaniyasining kiberxavfsizlik boʻyicha 2024 yilgi hisobotida soʻz boradi. Oʻgʻirlangan mablagʻlar Pxenyan yadroviy dasturlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan.

Microsoft hisobotida qayd etilishicha, ushbu mablagʻlar KXDRning yadroviy qurolni yaratish borasidagi xarajatlarining yarmidan koʻpini qoplagan. Shu bilan birga, 2023 yilda 600 milliondan 1 milliard dollargacha mablagʻ oʻgʻirlangan.

Kompaniya oʻtgan yilning oʻzida bir nechta yangi KXDR guruhlarini aniqlagan. Tahlilchilarning hisoblashicha, ularning soni oshib borishi Kim Chen In rejimi tovlamachilik bilan bogʻliq hakerlik faoliyatida ishtirokini kengaytirib borayotganidan dalolat beradi.

Shimoliy Koreyadan tashqari Rossiya, Xitoy va Eron hakerlari ham faol ekani aytilmoqda.

Avvalroq Shimoliy Koreya hakerlari Germaniyaning Diehl Defence mudofaa kompaniyasiga kiberhujumlarni amalga oshirgandi. Ular virusli elektron maktublarni yoʻllab, xodimlarning kompyuterlariga kirishga uringan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining may oyidagi maxfiy hisobotiga koʻra, taxminan 3,6 milliard dollarlik kriptovalyuta oʻgʻirlanishi ortida Shimoliy Koreya turgan boʻlishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2024 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+