12 137.100 so‘m

decrease

-50.580

14 307.210 so‘m

decrease

-59.630

158.530 so‘m

decrease

-0.560

12 137.100 so‘m

decrease

-50.580

6 soat avval
Texnologiya
63

Samsung yangi Galaxy S26 va S26 Ultra modellarini taqdim etdi — batafsil xususiyatlar

Samsung bu yil dizaynni keskin oʻzgartirmadi va avvalgi yilgi uslubni saqlab qoldi. 

Shu bilan birga, bazaviy Galaxy S26 va S26+ narxi 100 dollarga oshdi. 

Qurilmalar yangi protsessor, 12GB bazaviy xotira va yangilangan displey hamda kamera imkoniyatlari kabi qator texnik yangiliklarni taklif etmoqda.

Samsung yangi Galaxy S26 va S26 Ultra modellarini taqdim etdi — batafsil xususiyatlar
Foto: AI/Pinkod.uz

Samsung 25 fevral kuni San-Fransiskoda boʻlib oʻtgan Galaxy Unpacked tadbirida Galaxy S26, S26+ va S26 Ultra smartfonlarini rasman taqdim etdi.

Ushbu flagman “AI telefonlar” yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlangan boʻlib, Ultra modelida dunyoda birinchi bor mobil Privacy Display (maxfiylik displeyi) texnologiyasi joriy etildi.

Samsung Galaxy S26 Ultra 

6,9 dyuymli Dynamic AMOLED 2X displeyga ega boʻlib, yuqori aniqlik va ravon tasvirni taʼminlaydi. Qurilma Galaxy uchun maxsus moslashtirilgan yangi Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori bilan jihozlangan. 3 nanometrli ushbu chip avvalgi avlodga nisbatan markaziy protsessor (CPU) unumdorligini 19 foizga, sunʼiy intellekt ishlashini (NPU) 39 foizga va grafik protsessor (GPU) quvvatini 24 foizga oshiradi.

Samsung Galaxy S26 Ultra and every product Samsung announced at Galaxy  Unpacked 2026

Xotira va zaryadlash

Smartfon 12GB yoki 16GB operativ xotira variantlarida taqdim etiladi. Ichki xotira esa 256GB, 512GB yoki 1TB koʻrinishida mavjud. Qurilmada 5000 mAh sigʻimli batareya oʻrnatilgan boʻlib, 60W simli tezkor zaryadlash orqali 30 daqiqada 75 foizgacha quvvatlanadi. Shuningdek, 25W Qi2 simsiz zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi.

Displey

Samsung ushbu modelda ilk bor Privacy Display funksiyasini taqdim etdi — u ekranga yon tomondan qaralganda tasvirni cheklab, maxfiylikni taʼminlaydi. Bu yil kompaniya titanium oʻrniga mustahkam Armor Aluminum ramkasidan foydalangan. Qurilma ichida S Pen stilusi ham mavjud.

Galaxy S26 Ultra Privacy Display

Kamera va tasvirga olish

Kamera tizimi professional darajaga yaqinlashtirilgan. Asosiy kamera f/1.4 diafragmali 200MP sensor bilan jihozlangan boʻlib, past yorugʻlik sharoitida 47 foizga koʻproq yorugʻlik qabul qiladi. Telefoto tizimi 50 periskop kamera (5 karra optik zoom, f/2.9) va 10MP telefoto (3 karra optik zoom) modullaridan iborat. Ultra-wide kamera 50MP (f/1.9), old kamera esa 12MP.

Galaxy S26 Ultra cameras

Video imkoniyatlari ham kengaytirilgan: 8K formatda 30 fps va 4K formatda 120 fps tezlikda yozish mumkin. Yangi Super Steady Horizontal Lock funksiyasi telefon 360 daraja aylantirilganda ham tasvir gorizontini tekis ushlab turadi.

Operatsion tizim

Smartfon Android 16 operatsion tizimi va One UI 8.5 qobigʻi bilan ishlaydi. Samsung 7 yil davomida operatsion tizim va xavfsizlik yangilanishlarini taqdim etishni vaʼda qilgan. Ulanish imkoniyatlari orasida Wi-Fi 7, Bluetooth 6.0, Ultra Wideband hamda 5G mavjud.

S26 Ultra narxi $1300 dan boshlanadi va 2026 yilning 11 martidan sotuvga chiqadi. Xaridorlar uchun Titanium Black, Titanium Sky Blue, Titanium Cobalt Violet, va Titanium White ranglari mavjud.

Samsung Galaxy S26 va Samsung Galaxy S26+

Samsung bu yil flagman liniyasida muhim oʻzgarish qildi — endilikda har ikki model 12 tezkor xotira va 256GB ichki xotira bilan boshlanadi. 128GB bazaviy variant rasman bekor qilindi.

Displey va korpus

Galaxy S26 hajmi biroz kattalashdi va 6,3 dyuymli FHD+ Dynamic AMOLED 2X displeyga ega boʻldi (avvalgi 6,2 dyuymdan kattaroq). Qurilma 167 gramm ogʻirlikda va 7,2 mm qalinlikda boʻlib, ixcham flagman sifatida qolmoqda.

the Galaxy S26

Galaxy S26+ esa 6,7 dyuymli Dynamic AMOLED 2X panel bilan jihozlangan. Oʻlchamlari deyarli oʻzgarmagan, vazni 190 gramm, qalinligi 7,3 mm.

Har ikkala model 1–120 Hz adaptiv yangilanish chastotasini qoʻllab-quvvatlaydi va maksimal 2 600 nit yorqinlikka chiqadi. Orqa panel Corning Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan, ramka esa mustahkam Armor Aluminumʼdan tayyorlangan.

Unumdorlik va batareya

Shimoliy Amerika, Xitoy va Yaponiyada ikkala model Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy protsessori bilan taqdim etiladi. Boshqa global bozorlarda esa Exynos 2600 chipi qoʻllaniladi.

Batareya sigʻimi:

  • S26 — 4 300 mA/soat (oldingi avlodga nisbatan 300 mA/soat koʻproq).
  • S26+ — 4 900 mA/soat sigʻimni saqlab qolgan.

Zaryadlash imkoniyatlari:

  • S26 — 25W simli va 15W simsiz zaryadlash.
  • S26+ — 45W simli tezkor va 20W simsiz (Qi2.2 sertifikatli) zaryadlash.
  •  

Har ikki model Wi-Fi 7’ni qoʻllab-quvvatlaydi. S26+ Bluetooth 6.0 bilan jihozlangan boʻlsa, bazaviy S26 Bluetooth 5.4 versiyasidan foydalanadi.

Kamera tizimi

Orqa kamera bloki uch moduldan iborat:

  • 50 MP asosiy kamera (f/1.8),
  • 12 MP ultra keng burchak (f/2.2),
  • 10 MP telefoto (f/2.4) — 3 karra optik zum.
the Galaxy S26 and S26 Plus

Old kamera 12 MP (f/2.2) boʻlib, yangilangan Object Aware Engine texnologiyasi yordamida teri ranglari va soch teksturasini yanada tabiiyroq koʻrsatadi.

Narx va sotuv

Oldindan buyurtmalar boshlangan, rasmiy savdo 2026 yil 11 martdan start oladi.

  • Galaxy S26 — $899.99 / £879 (256GB/12GB RAM).
  • Galaxy S26+ — $1,099.99 / £1,099 (256GB/12GB RAM).

Ranglar: Cobalt Violet, Sky Blue, Black va White. Samsung.com uchun eksklyuziv variantlar — Pink Gold va Silver Shadow.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+