12 065.490 so‘m

decrease

-27.380

13 754.660 so‘m

decrease

-69.910

155.660 so‘m

decrease

-1.470

12 065.490 so‘m

decrease

-27.380

5 soat avval
Bank
100

Raqobat qoʻmitasi 20 dan ortiq bank va mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi

Moliyaviy xizmatlarga oid notoʻgʻri va isteʼmolchilarni chalgʻituvchi reklamalar tarqatgan 20 dan ortiq tijorat banki hamda mikromoliya tashkilotiga moliyaviy jarimalar qoʻllanildi. Ayrim reklamalarda kredit va omonatlarning muhim shartlari ochiq koʻrsatilmagan, maʼlumotlar esa noaniq, mayda shriftda yoki tushunish qiyin shaklda berilgan.

Raqobat qoʻmitasi 20 dan ortiq bank va mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi

Raqobat qoʻmitasi moliyaviy xizmatlarni reklama qilishda qonunchilik talablarini buzgan 20 dan ortiq tijorat banki va mikromoliya tashkilotiga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻlladi.

Qoʻmita ommaviy axborot vositalari, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan reklamalarni monitoring qilgan. Tahlillar davomida isteʼmolchilarni chalgʻituvchi, notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan axborotlarni oʻz ichiga olgan reklamalar hamon tarqatilayotgani aniqlangan.

Qonunbuzilishlarning asosiy qismi moliyaviy xizmatlar, jumladan, kreditlar, mikroqarzlar va omonatlar reklamasiga toʻgʻri kelgan.

Muhim shartlar ochiq koʻrsatilmagan

Oʻrganishlar davomida ayrim reklamalarda omonat va kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, amal qilish muddati, minimal talablar hamda qoʻshimcha toʻlovlar haqidagi maʼlumotlar umuman keltirilmagani aniqlangan.

Shuningdek, mikroqarz shartlari, vositachilik haqi va sugʻurta toʻlovlari kabi isteʼmolchi uchun muhim maʼlumotlar juda qisqa, noaniq yoki tushunish qiyin shaklda berilgan.

Ayrim moliyaviy tashkilotlar reklamalarida xizmat shartlari boʻrttirib koʻrsatilgan, ikki maʼnoli iboralar ishlatilgan hamda boshqa tashkilotlarning nomi yoki tovar belgisiga tegishli kalit soʻzlardan foydalanilgan.

Qoʻmitaga koʻra, bunday amaliyot isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar toʻgʻrisida toʻgʻri, toʻliq hamda ishonchli maʼlumot olish huquqini buzadi.

Reklamada barcha muhim shartlar boʻlishi kerak

“Reklama toʻgʻrisida”gi qonunning 43-moddasiga muvofiq, moliyaviy xizmatlar reklamasi boshqa axborotdan aniq ajralib turishi lozim.

Reklama isteʼmolchining ishonchini suiisteʼmol qilmasligi, uning tajribasi yoki bilimi yetishmasligidan foydalanishga qaratilmasligi kerak.

Bundan tashqari, reklamada shartnoma tuzish uchun muhim boʻlgan barcha shartlar toʻliq ochib berilishi hamda moliyaviy xizmatga bevosita aloqasi boʻlmagan maʼlumotlar keltirilmasligi shart.

Raqobat qoʻmitasi moliyaviy xizmatlarga oid maʼlumotlar isteʼmolchilar uchun oson oʻqiladigan va tushunarli shaklda taqdim etilishi kerakligini eslatdi.

Maʼlumotlarni fon bilan uygʻunlashib ketadigan rangda, oʻqish qiyin boʻlgan mayda shriftda yoki yashirin matn koʻrinishida berishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qoʻmita notoʻgʻri yoki chalgʻituvchi moliyaviy reklama joylashtirish holatlari aniqlansa, tashkilotlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini bildirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+