12 145.650 so‘m

increase

3.710

14 268.710 so‘m

decrease

-21.140

164.330 so‘m

increase

1.700

12 145.650 so‘m

increase

3.710

3 daqiqa avval
Bank
40

Rafal Yushchak “Hamkorbank” boshqaruv raisi v.b. etib tayinlandi

Rafal Yushchak moliyaviy xizmatlar sohasida 26 yildan ortiq tajribaga ega boʻlib, turli yillarda Polsha, Ukraina va Belarusdagi yirik banklarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Mazkur lavozimda bunga qadar Baxtiyorjon Joʻrayev faoliyat yuritib kelayotgandi.

Rafal Yushchak “Hamkorbank” boshqaruv raisi v.b. etib tayinlandi

“Hamkorbank” ATB boshqaruvi tarkibida oʻzgarish yuz berdi. Polshalik bankir Rafal Yushchak bank boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda u oʻzining Facebook sahifasida maʼlum qildi.

“Hamkorbank” hozircha boshqaruvdagi mazkur oʻzgarish yuzasidan rasmiy bayonot bergani yoʻq.

Yushchak xalqaro bank sektorida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U turli yillarda Polsha, Ukraina va Belarusdagi yirik moliyaviy institutlarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Rafal Yushchak haqida

Rafal Yushchak moliyaviy xizmatlar sohasida 26 yildan ortiq tajribaga ega bankir boʻlib, asosan biznesni rivojlantirish, transformatsiya jarayonlari va bank boshqaruvi yoʻnalishlarida faoliyat yuritgan.

U PKO BP, FUIB Ukraine, Getin Holding, Alfa Bank Belarus va Alfa Bank Ukraine kabi moliyaviy institutlarda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Yushchak Gdansk universitetini tarix yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan, shuningdek Fransiyaning Ruan shahridagi Ecole Supérieure de Commerce’da bank va moliya yoʻnalishida taʼlim olgan.

U faoliyati davomida raqamli bank xizmatlari, yangi mahsulotlarni joriy etish va banklarni transformatsiya qilish boʻyicha tajribasi bilan tanilgan. Uning boshqaruvi ostidagi ayrim banklar xalqaro nashrlar tomonidan “Yil banki” sifatida eʼtirof etilgan.

Avvalgi boshqaruv raisi haqida

“Hamkorbank” boshqaruv raisi lavozimida bunga qadar Bahtiyorjon Joʻraev faoliyat yuritib kelgan. U 1981 yilda Andijon viloyatida tugʻilgan.

Joʻraev 2002 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2010 yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Uning mutaxassisligi marketing va bank ishi yoʻnalishlari bilan bogʻliq.

U bank tizimida 2002 yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Hamkorbank boshqaruv raisi lavozimida esa 2021 yildan boshlab ishlagan. Bank sohasidagi yangiliklarni berib boruvchi “Bankirlar uchun” Telegram kanaliga koʻra, Bahtiyorjon Joʻrayev oʻz ixtiyoriga koʻra mazkur lavozimni tark etgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+