12 067.760 so‘m

decrease

-70.910

14 141.000 so‘m

decrease

-35.750

145.640 so‘m

increase

0.280

12 067.760 so‘m

decrease

-70.910

15-avgust, 14:26
Iqtisodiyot

Qozogʻiston aholi jon boshiga YaIM boʻyicha Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilda Qozogʻistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi $14,77 mingni tashkil etdi. 

Bu Rossiya ($14,26 ming) va Xitoy ($13,69 ming)dan yuqori boʻlib, MDH davlatlari orasida eng baland koʻrsatkich hisoblanadi.

Qozogʻiston aholi jon boshiga YaIM boʻyicha Rossiya va Xitoyni ortda qoldirdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilda Qozogʻiston aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi boʻyicha Rossiya va Xitoydan oʻzib ketdi.

Statistikaga koʻra, Qozogʻistonda jon boshiga YaIM 14,77 ming AQSh dollarini tashkil etmoqda. 

Bu koʻrsatkich Rossiyadagi $14,26 ming va Xitoydagi $13,69 mingdan yuqori. Mintaqada Qozogʻiston Oʻzbekiston ($3,51 ming), Qirgʻiziston ($2,75 ming) va Turkmaniston ($13,34 ming)dan ham ancha oldinda.

Aholi jon boshiga YaIM: Qozogʻiston, Rossiya va Oʻzbekiston.

XVJ maʼlumotiga koʻra, Qozogʻiston bu koʻrsatkich boʻyicha MDH davlatlari orasida yetakchi oʻrinda turibdi. Armaniston ($8,86 ming), Moldova ($8,26 ming), Belarus ($7,88 ming) va Ozarbayjon ($7,6 ming) ancha ortda qolgan. 

Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston esa koʻrsatkichlar boʻyicha mintaqaning eng quyi pogʻonasida joylashgan.

2025 yilning dastlabki yetti oyida Qozogʻiston YaIM hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,3% ga oshdi. Tovar ishlab chiqarish 8,3%, sanoat ishlab chiqarish 6,9%, xizmatlar sohasi esa 5,2% ga koʻtarildi. Eng katta oʻsish transport va saqlash (22,5%), qurilish (18,5%) hamda ulgurji va chakana savdo (8,6%) sohalarida qayd etildi.

Shu bilan birga, XVJ bu raqamlar yil yakuniga qadar oʻzgarishi mumkinligini eslatib oʻtgan. Hozirgi holatda Qozogʻistonning jon boshiga YaIM jahon oʻrtacha darajasi — $14,21 mingdan biroz yuqori, ammo rivojlangan mamlakatlar koʻrsatkichidan ($60,32 ming) toʻrt baravar past.

Ayni paytda Rossiya iqtisodiyoti esa sekinlashmoqda. 2025 yilning birinchi yarmida YaIM oʻsishi atigi 1,2 foizni tashkil etdi, oʻtgan yili bu raqam 4,7 foiz edi. XVJ oʻzining Rossiya boʻyicha oʻsish prognozini 1,5 foizdan 0,9 foizga tushirgan boʻlsa, Qozogʻistonga 5 foizlik oʻsish bashorat qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+