Qaysi banklarda kobeyjing kartalar mavjud va ularning narxlari qancha?
Hozirda 10 dan ortiq bankda bir vaqtning oʻzida ikkita toʻlov tizimida ishlaydigan kartalarni ochish imkoniyati mavjud. Pinkod.uz esa ularni bir joyga toʻpladi.

Kobeyjing kartalari — bitta kartada bir nechta toʻlov tizimlarini birlashtirgan maxsus bank mahsulotidir. Bu kartalar odatda mahalliy va xalqaro toʻlov tizimlarini qoʻllab-quvvatlaydi, bu esa foydalanuvchilarga turli mamlakatlarda ham bemalol toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Masalan, bitta kobeyjing karta orqali Uzcard-Mastercard, Humo-Visa kabi kombinatsiyalarni ishlatish mumkin.
Bank nomi | Karta turi | Chiqarish narxi | Maʼlumot |
Xalq banki | Uzcard-Mastercard | 30 000 soʻm | Batafsil |
Humo-Visa | 15 000 soʻm | Batafsil | |
Uzcard-Unionpay | 15 000 soʻm | Batafsil | |
Aloqabank | Uzcard-Unionpay | 30 000 soʻm | Batafsil |
Turonbank | Humo-Visa | 50 000 soʻm | Batafsil |
KDB bank | Humo-Visa | 37 500 soʻm | Batafsil |
Agrobank | Humo-Visa | 56 250 soʻm | Batafsil |
Uzcard-Unionpay | 56 250 soʻm | Batafsil | |
Uzcard-Mastercard | 56 250 soʻm | Batafsil | |
Hamkorbank | Uzcard-Unionpay | 35 000 soʻm | Batafsil |
Humo-Visa | 30 000 soʻm | Batafsil | |
Trastbank | Visa-Humo | 30 000 soʻm | Batafsil |
Uzcard-Mastercard | 30 000 soʻm | Batafsil | |
Mikrokreditbank | Unionpay-Uzcard | 45 000 soʻm | Batafsil |
Davrbank | Uzcard-Unionpay | Bepul* | Batafsil |
Humo-Visa | Bepul* | Batafsil | |
Smartbank | Humo-Visa | Bepul | Batafsil |
Garantbank | Humo-Mastercard | 25 000 soʻm | Batafsil |
Uzcard-Unionpay | 40 000 soʻm | Batafsil | |
Ipoteka bank | Humo-Mastercard | 30 000 soʻm | Batafsil |
Humo-Visa | 30 000 soʻm | Batafsil | |
BRB | Uzcard-Unionpay | 50 000 soʻm | Batafsil |
Universalbank | Uzcard-Unionpay | 37 500 soʻm | Batafsil |
Ziraat Bank | Uzcard-Mastercard | 50 000 soʻm | Batafsil |
* - minimal depozit qoʻyish talabi mavjud.
Mavzuga doir: Kobeyjing kartalari nima va ularning qanday afzalliklari mavjud?
Roʻyxat banklar rasmiy saytlaridan olingan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan boʻlib, batafsil shartlar bilan keltirilgan havolalar orqali tanishib chiqish tavsiya qilinadi.