11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

13 329.150 so‘m

decrease

-108.120

146.750 so‘m

increase

0.790

11 903.150 so‘m

decrease

-62.360

7 soat avval
Bank
65

Payme toʻqqiz oyda 315,5 mlrd soʻm sof foyda oldi

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 foiz yoki 27,9 mlrd soʻmga koʻproq. Kompaniyaning tushumi 48,2 foizga oshgan boʻlsa-da, xarajatlar va foyda soligʻining koʻpayishi sof foyda oʻsishini chekladi. Natijada kompaniyaning sof foyda marjasi 53,8 foizdan 39,9 foizgacha pasaydi.

Payme toʻqqiz oyda 315,5 mlrd soʻm sof foyda oldi

Payme AJ 2026 yilning yanvar–sentabr oylarida 315,5 mlrd soʻm sof foyda oldi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida maʼlum qilingan.

Payme’ning sof foydasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 foizga oshdi. Bir yil avval kompaniya 287,6 mlrd soʻm sof foyda olgan edi.

Hisobot davrida kompaniyaning sof tushumi 534,2 mlrd soʻmdan 791,6 mlrd soʻmga yetib, 48,2 foizga koʻpaygan. Yalpi foyda esa 33,2 foizga oshib, 523 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Shu bilan birga, xarajatlar ham oshgan. Sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar tannarxi 141,5 mlrd soʻmdan 268,6 mlrd soʻmga — qariyb 90 foizga koʻpaygan. Davr xarajatlari esa 32,1 foizga oʻsib, 174,3 mlrd soʻmga yetgan.

Natijada asosiy faoliyatdan olingan foyda 33,7 foizga koʻpayib, 348,7 mlrd soʻmni tashkil etgan. Biroq moliyaviy faoliyatdan daromadlar 32 mlrd soʻmdan 18,7 mlrd soʻmga kamaygan, moliyaviy xarajatlar esa 361,4 mln soʻmdan 11,3 mlrd soʻmga oshgan. Ushbu xarajatlarning 11,1 mlrd soʻmi foiz toʻlovlariga toʻgʻri kelgan.

Soliqqa qadar foyda 292,4 mlrd soʻmdan 356,1 mlrd soʻmga yetgan. Foyda soligʻi xarajati esa 4,8 mlrd soʻmdan 40,5 mlrd soʻmga yoki 8,5 baravarga koʻpaygan. Bu sof foydaning tushumga nisbatan sekinroq oʻsishiga taʼsir qilgan.

Payme’ning sof foyda marjasi oʻtgan yilning mos davridagi 53,8 foizdan 39,9 foizga tushgan. 

Sentabr oxirida kompaniyaning jami aktivlari 504 mlrd soʻmni tashkil etgan. Bu yil boshidagi 1,02 trln soʻmga nisbatan 50,6 foizga kam. Pul mablagʻlari 636,9 mlrd soʻmdan 169,7 mlrd soʻmga, oʻz kapitali esa 740,7 mlrd soʻmdan 388,9 mlrd soʻmga qisqargan.

Jami majburiyatlar 280 mlrd soʻmdan 115 mlrd soʻmga kamaygan. Yil boshida balansda qayd etilgan 250 mlrd soʻmlik qisqa muddatli bank kreditlari sentabr oxirida nolga teng boʻlgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+