12 927.170 so‘m

increase

36.740

14 717.580 so‘m

decrease

-3.290

155.730 so‘m

decrease

-0.310

12 927.170 so‘m

increase

36.740

4 kun avval
Bank

Oʻzsanoatqurilishbank va Trastbank’ning birinchi chorak boʻyicha sof foydasi ochiqlandi

SQB sof foydasi oʻtgan yil mos davriga nisbatan 64,2 mlrdga koʻpaydi. Trastbank’da esa bu koʻrsatkich 6,5 mlrdga oshdi.

Oʻzsanoatqurilishbank va Trastbank’ning birinchi chorak boʻyicha sof foydasi ochiqlandi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston banklari birinchi chorak yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilishda davom etmoqda. Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) va Trastbank’ning sof foydalari ochiqlandi.

Oʻzsanoatqurilishbank (SQB)

Oʻzsanoatqurilishbank’ning jami aktivlari 2025 yilning birinchi choragi yakunlariga koʻra 93,4 trln soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 21,9 foizga oshgan. Bankning foizli daromadlari 2,5 trln soʻmni tashkil etdi. Biroq kredit va lizingdan kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy yoʻqotishlar hisobdan chiqarilganda, sof foizli daromad boʻyicha 779 mlrd soʻm miqdorida zarar qayd etilgan. Foizsiz daromadlar esa 2,1 trln soʻmga yetgan(+33,8%). 

Hisobot davrida SQB 85,6 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Taqqoslash uchun NBU’da bu koʻrsatkich 17 mlrdni tashkil qildi.

Barcha xarajatlar chiqarib tashlangach, SQB chorakni 404 mlrd soʻm sof foyda bilan yakunlagan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizga yoki 64,2 mlrd soʻmga koʻpaygan.

Trastbank

Trastbank’ning jami aktivlari 12,2 trln soʻmni tashkil qilmoqda. Bankning foizli daromadlari 486 mlrd soʻmni, sof foizli daromad esa 234 mlrd soʻmni tashkil etdi. Foizsiz daromadlar 218,3 mlrd soʻmga teng.

Trastbank birinchi chorakda 38,4 mlrd soʻm miqdorida soliq toʻlagan. Xarajatlar chiqarib tashlangach, bank 2025 yilning birinchi choragʻini 200,8 mlrd soʻm sof foyda bilan yakunladi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga yoki 6,5 mlrd soʻmga koʻproqdir.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+