11 986.300 so‘m

increase

10.940

13 937.670 so‘m

decrease

-83.080

163.610 so‘m

increase

0.700

11 986.300 so‘m

increase

10.940

13-oktabr, 2025
Iqtisodiyot
1081

Oʻzbekistonliklar eng koʻp qayerlarga sayohat qilmoqda?

Joriy yilning yanvar–avgust oylarida turizm maqsadida xorijga chiqqan oʻzbekistonliklar soni 5,2 millionga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 26,8 foizga oshdi. Eng koʻp tashrif buyurilgan mamlakatlar Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikiston boʻldi. Vetnam hamda Xitoy esa ilk bor eng ommabop yoʻnalishlar roʻyxatiga kirdi.

Oʻzbekistonliklar eng koʻp qayerlarga sayohat qilmoqda?
Foto: AI / Pinkod.uz

Yanvar–avgust oylarida qariyb 5,2 million oʻzbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan safarlar soni 1,1 millionga yoki 26,8 foizga oshgan. Eng ommabop 10 ta mamlakatning 8 tasi oʻtgan yildagidek qolgan.

Safarlar soni boʻyicha Qirgʻiziston birinchi oʻrinda. Sakkiz oy ichida bu mamlakatga 2,3 million kishi borgan, bu esa umumiy koʻrsatkichning 44 foizini tashkil etadi. Yillik oʻsish 20 foizni tashkil qilmoqda.

Ikkinchi oʻrinda Qozogʻiston joylashgan. U yerga 956 mingta safar amalga oshirilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning ayni davriga qaraganda 1,5 baravar koʻpdir.

Uchinchi oʻrinni esa Tojikiston egalladi. Mazkur yoʻnalishda 887,9 ming kishi sayohat qilgan boʻlib, safarlar soni oʻtgan yilga nisbatan 13,2 foizga koʻpaygan.

Rossiyaga safarlar soni ham sezilarli darajada — 60 foizga oshib, 312,7 ming nafarga yetdi. Shuningdek, Turkiyaga 181,7 ming kishi (+15,2%), Saudiya Arabistoniga esa 165,7 ming kishi (+48%) safar qilgan.

Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) safarlar soni 94,2 ming kishiga yetib, 15,7 foizga oʻsdi. Misrga tashriflar esa deyarli ikki baravar oshib, 45,4 ming nafarga yetgan.

Bu yil ilk bor Vetnam (28,5 ming) va Xitoy (27,6 ming) eng koʻp tashrif buyurilgan oʻnlikka kirdi. Oʻtgan yili esa Kuvayt (16,7 ming) va Janubiy Koreya (14,9 ming) TOP-10 roʻyxatini yakunlagan edi.


Avvalroq Oʻzbekiston pasporti xalqaro reytingda sakkiz pogʻona yuqorilab, 2025 yilda 72-oʻrinni egallagani xabar qilingan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+