11 809.820 so‘m

decrease

-29.770

13 569.480 so‘m

increase

0.130

140.680 so‘m

increase

0.260

11 809.820 so‘m

decrease

-29.770

11 soat avval
Bozor
140

Oʻzbekistonda propan narxiga cheklov bekor qilingach, narxlar 65 foizga oshdi

Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida propan narxi ikki savdo kunida qariyb 65 foizga oshib, bir tonnasi 7,4 mln soʻmdan 12,2 mln soʻmgacha qimmatlashdi. 

Keskin oʻsish 17 sentabrdan suyultirilgan gazning birja savdolaridagi narxiga qoʻyilgan 10 foizlik cheklov bekor qilinganidan keyin yuz berdi.

Oʻzbekistonda propan narxiga cheklov bekor qilingach, narxlar 65 foizga oshdi

Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida propan narxi ikki kun ichida qariyb 65 foizga oshib, tarixiy maksimumni yangiladi.

16 sentabr kuni bir tonna suyultirilgan gazning oʻrtacha narxi 7,412 mln soʻmni tashkil etgan. 17 sentabrda u bir kunning oʻzida 60,6 foizga oshib, 11,905 mln soʻmga yetgan.

18 sentabrda propan yana 2,6 foizga qimmatlashib, bir tonnasi 12,217 mln soʻmdan sotilgan. Natijada ikki kunlik oʻsish 4,8 mln soʻm yoki qariyb 65 foizni tashkil etgan.

Shu davrda sotilgan propan hajmi ham 666 tonnadan 1 114 tonnagacha oshgan. Bu 67,2 foizlik oʻsishni anglatadi.

Narxlarning keskin koʻtarilishi birja savdolaridagi cheklov bekor qilinishi ortidan yuz berdi. Prezidentning 12 sentabrdagi PQ–326-son qarori bilan suyultirilgan gazning savdo davomida boshlangʻich narxga nisbatan qanchagacha qimmatlashishi mumkinligini belgilovchi cheklov olib tashlandi.

Avval propanning birjadagi narxi boshlangʻich qiymatdan koʻpi bilan 10 foizga oshishi mumkin edi. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar va importchilarning bir tonna propanni 7,5 mln soʻmdan qimmatroq boshlangʻich narxda savdoga chiqarishiga ruxsat berilmagan.

Natijada amaldagi tartib boʻyicha propanning birjadagi eng yuqori narxi 8,25 mln soʻm bilan cheklanardi. 17 sentabrdan savdo jarayonidagi oʻsish chegarasi bekor qilindi, biroq 7,5 mln soʻmlik boshlangʻich narx cheklovi saqlanib qoldi.

Propan narxining birjada oshishiga qarshi cheklov ilk bor 2024 yil noyabrida joriy etilgan edi. Oʻshanda suyultirilgan gazning narxi 10,1 mln soʻmdan oshgach, savdo davomidagi oʻsish boshlangʻich narxning 20 foizi bilan cheklangan.

2026 yil 12 yanvardan esa mazkur cheklov 20 foizdan 10 foizga tushirilgan edi. Endilikda propan narxi birja savdolaridagi talab va taklif asosida shakllanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+