12 220.980 so‘m

decrease

-54.600

14 495.300 so‘m

decrease

-96.680

158.380 so‘m

decrease

-0.710

12 220.980 so‘m

decrease

-54.600

4 soat avval
Texnologiya
14

Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari va talabalar uchun eng yaxshi startap gʻoyalari tanlovlari tashkil etiladi

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida tuman va hududiy bosqichlar gʻoliblari 5 million soʻmdan 10 million soʻmgacha mukofot bilan taqdirlanadi. 

Talabalar uchun kelgusi oʻquv yilidan boshlab “Eng innovatsion gʻoya” tanlovi oʻtkazilib, uning universitet bosqichi gʻoliblari 100 million soʻmlik grantni qoʻlga kiritadi. 

Respublika bosqichida esa 10 ta yoʻnalish boʻyicha bellashuvlar tashkil etilib, umumiy mukofot jamgʻarmasi 10 milliard soʻmni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari va talabalar uchun eng yaxshi startap gʻoyalari tanlovlari tashkil etiladi
Foto: AI/Pinkod.uz

11 fevral kuni “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2026–2027 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida, shuningdek maktablarning yuqori sinflarida (9–11-sinflar) startap gʻoyalarini ishlab chiqishga qaratilgan “Biznes va mahorat soatlari” joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu mashgʻulotlar oyiga kamida 2 marta oʻtkaziladi.

Har chorakda maktablar va texnikumlar oʻquvchilar tomonidan yaratilgan startap loyihalarini ota-onalar, biznes va ilmiy doiralar vakillariga taqdim etadi. Maktab startaplari mahsulotlari marketpleyslar orqali sotiladi.

Oʻquvchilar “Eng yaxshi startap gʻoyalari” tanlovlarida ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Tuman bosqichi gʻoliblari 5 mln soʻm, hududiy bosqich gʻoliblari esa 10 mln soʻm mukofot oladi.

1 aprelga qadar davlat organlari, tashkilotlari va davlat sektori korxonalaridagi muammo va vazifalarni kraudsorsing asosida hal etishga moʻljallangan platformani ishga tushirish topshirildi. Har oyda tashkilotlar startap loyihalar mualliflari bilan uchrashuvlar (“Startap kunlari”) oʻtkazadi.

Shuningdek, talabalar startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish vazifasi qoʻyilmoqda. Har yili eng katta startap yaratish salohiyatiga ega tashabbuslarni aniqlash maqsadida “Eng innovatsion gʻoya” tanlovi oʻtkaziladi.

Tanlov davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi. Har bir davlat OTM’da gʻoliblar 100 mln soʻmlik grantlarga ega boʻladi. Respublika bosqichida tanlov 10 yoʻnalishni qamrab oladi va umumiy mukofot jamgʻarmasi 10 mlrd soʻmni tashkil etadi.

1 sentabrdan “Oliygohlar – startaplar generatori” dasturi start oladi. Uning doirasida OTMlar IT Park Uzbekistan va venchur fondlar bilan hamkorlikda talabalar akseleratorlarini tashkil etadi, ularga startap-menejerlar va startap-trekerlar jalb qilinadi.

Talabalar akseleratorlari va inkubatsiya markazlari orqali OTMlar talabalar va ilmiy xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalarga 20 ming AQSh dollarigacha sarmoya kiritishi mumkin boʻladi. Shuningdek, yetakchi jahon akseleratorlari va universitetlari bilan stajirovka va almashinuv dasturlari yoʻlga qoʻyiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+