12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

15-fevral, 14:30
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda biznes kayfiyati IV chorakda qanday oʻzgardi?

26 foiz tadbirkorlar gaz va elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar ishlab chiqarishga toʻsqinlik qilayotganini taʼkidlagan.

Oʻzbekistonda biznes kayfiyati IV chorakda qanday oʻzgardi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank tomonidan 2024 yilning IV choragida mamlakatdagi iqtisodiy faollik, tadbirkorlik muhiti va bandlik boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazildi.

Soʻrovnomada qatnashgan tadbirkorlarning 53 foizi oʻz hududlarida biznes muhiti yaxshilanganini qayd etishgan. Bu koʻrsatkich III chorakda 57 foizni tashkil etgan edi. Bank xizmatlari sifati yaxshilanishi va kredit olish imkoniyatlarining kengayishi tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Shu bilan birga, litsenziya va ruxsatnomalar olish jarayonlari soddalashtirilgani, raqobat muhitining biroz yaxshilangani ham eʼtirof etilgan.

Iqtisodiy faollikda sanoat va savdoda oʻsish tendensiyalari kuzatilgan boʻlsa-da, ayrim qiyinchiliklar ham mavjud. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi IV chorakda 50 foizgacha tushdi. Bundan tashqari, tadbirkorlarning 26 foizi gaz va elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar ishlab chiqarishga toʻsqinlik qilayotganini taʼkidlagan. Shunga qaramay, yoqilgʻi va elektr energiyasi isteʼmoli hajmi oshgani iqtisodiy faollikning oʻsishini koʻrsatmoqda. Biroq, yuk tashish hajmi va ishlab chiqarish buyurtmalari pasaygan.

Bandlik darajasi esa IV chorakda oldingi davrlarga nisbatan barqaror boʻlib qolgan. Ayniqsa, Andijon, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida ishchi kuchiga boʻlgan talab oshgani qayd etilgan.

Moliyaviy holat boʻyicha soʻnggi 1,5 yil davomida tadbirkorlarning qarz yuki sezilarli darajada oʻzgarishsiz qolgan. Biroq, kreditga boʻlgan talab ayniqsa Namangan, Samarqand va Andijon viloyatlarida yuqori darajada saqlanib qolgan. Kredit va qarz toʻlovlari hajmi esa Toshkent, Andijon va Navoiy viloyatlarida ortgan.

Kelgusi prognozlarga koʻra, yoqilgʻi va elektr energiyasi isteʼmoli hajmining oshishi kutilmoqda. Shuningdek, qurilish, ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish va qishloq xoʻjaligi sohalarida ish oʻrinlari biroz ortishi mumkin. Biroq, ishlab chiqarish va buyurtmalar hajmi esa biroz pasayishi ehtimoli bor. Andijon, Samarqand va Toshkent shahrida iqtisodiy faollik va investitsiyalar hajmining ortishi kutilmoqda.

Umuman olganda, Oʻzbekistonda biznes muhiti va iqtisodiy faollik 2024 yil IV choragida nisbatan barqaror boʻldi deyish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+