11 825.400 so‘m

decrease

-5.470

13 483.320 so‘m

increase

32.800

140.340 so‘m

increase

1.070

11 825.400 so‘m

decrease

-5.470

4 soat avval
Iqtisodiyot
77

Oʻzbekiston va Xitoy Qoraqalpogʻistonda $400 mlnlikdan ortiq bitimlar imzoladi

Nukusda oʻtgan Oʻzbekiston–Xitoy hududlararo savdo-iqtisodiy forumida umumiy qiymati $400 mlndan ortiq qator bitimlar imzolandi. Kelishuvlar togʻ-kon sanoati, geologiya, IT, qishloq xoʻjaligi va boshqa yoʻnalishlarni qamrab oladi. Hozircha bitimlarning alohida qiymati va loyihalar boʻyicha toʻliq roʻyxat ochiqlanmagan.

Oʻzbekiston va Xitoy Qoraqalpogʻistonda $400 mlnlikdan ortiq bitimlar imzoladi

26 sentabr kuni Nukus shahrida Oʻzbekiston–Xitoy hududlararo savdo-iqtisodiy forumi oʻtkazildi. Tadbir Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamkorligida tashkil etilgan.

Forum yakunida tomonlar $400 mlndan ortiq qiymatdagi qator kelishuvlarni imzolagan. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ularning togʻ-kon sanoati, geologiya, axborot texnologiyalari, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlarga tegishli ekanini maʼlum qilgan.

Forumda Oʻzbekiston va Xitoyning davlat organlari hamda biznes doiralaridan 400 ga yaqin vakil ishtirok etgan. Ular orasida Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, SilkRoad Industrial Cooperation Center, Shaanxi Yulin Energy Group va China Civil Engineering Construction Corporation kabi yirik kompaniya va tashkilotlar vakillari boʻlgan.

Xitoy kompaniyalariga Qoraqalpogʻistonning tabiiy resurslari, investorlar uchun mavjud imtiyozlar va amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar taqdim etilgan.

Forumdan oldin Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari Ilzat Qosimov Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni biznes vakillari bilan ham muzokaralar oʻtkazgan edi. Unda tibbiyot, tibbiy turizm, qurilish, zamonaviy qurilish va pardozlash materiallari ishlab chiqarish hamda ilgʻor texnologiyalarni mahalliylashtirish boʻyicha loyihalar muhokama qilingan.

Qoraqalpogʻistonga yirik investitsiyalar oqimi soʻnggi yillarda tezlashgan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, 2025 yilda hududga $1,7 mlrd investitsiya kiritilgan, bu 2021 yildagiga nisbatan 22 baravar koʻp. 2026 yilning birinchi yarmida esa Qoraqalpogʻiston iqtisodiyoti 10,2%ga oʻsgan.

Bundan tashqari, sentabr oyida hududda umumiy qiymati $7 mlrd boʻlgan 47 ta loyiha qurilishiga start berilgan. Ular orasida Qoʻngʻirotda $2,6 mlrdlik, 1,5 GVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi ham bor.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+