12 165.240 so‘m

decrease

-25.190

14 330.650 so‘m

decrease

-32.110

159.420 so‘m

decrease

-2.670

12 165.240 so‘m

decrease

-25.190

6 soat avval
Iqtisodiyot
56

Oʻzbekiston Humans rahbari Vladimir Dobrыnin va “Oʻzmetkombinat” sobiq rahbarini xalqaro qidiruvga berdi

Humans aloqa va fintex kompaniyasi rahbari Vladimir Dobrыnin hamda “Oʻzmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Axmedov Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi. Dobrinin jinoiy daromadlarni legallashtirish va noqonuniy oʻyinlarni tashkil etishda, Axmedov esa oʻzlashtirish va rastarata yoʻli bilan talon-toroj qilishda ayblanmoqda.

Oʻzbekiston Humans rahbari Vladimir Dobrыnin va “Oʻzmetkombinat” sobiq rahbarini xalqaro qidiruvga berdi
Foto: Oʻngda — Vladimir Dobrynin; Chapda — Dilshod Axmedov

Oʻzbekiston Humans aloqa va fintex kompaniyasi rahbari Vladimir Dobrыnin hamda “Oʻzmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Axmedovni xalqaro qidiruvga berdi. Bu haqda Interpol’ning rasmiy saytida maʼlum qilindi.

Maʼlumotlarga koʻra, Vladimir Dobrыnin Jinoyat kodeksining 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) hamda 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazish) bilan ayblanmoqda.

Dilshod Axmedovga esa Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi — oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish aybi qoʻyilgan.

Dilshod Axmedov “Oʻzmetkombinat” rahbari lavozimida 2024 yil oktabrdan 2025 yil avgustigacha faoliyat yuritgan. Ushbu lavozimga tayinlanishidan avval u Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari, shuningdek korxona boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+