Oʻzbekiston eksporti 2025 yilda 33,4 mlrd dollarga yetdi
2025 yilda Oʻzbekiston eksporti hajmi 23 foizga oshib, 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. 2026 yilga borib ushbu koʻrsatkichni 40 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda.

2025 yilda Oʻzbekiston eksporti 33,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Bu 2024 yilga nisbatan 6,3 mlrd dollarga yoki 23 foizga koʻpdir. Taqqoslash uchun, 2024 yilda eksport hajmi 26,94 mlrd dollar boʻlgan.
2026 yil uchun esa eksport hajmini 55 foizga oshirib, 40 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, 2025 yil davomida Oʻzbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan davlatlar soni 14 taga koʻpayib, 131 taga yetdi.
Eksport tarkibidagi asosiy yoʻnalishlar
2025 yilda eksport tarkibida bir qator yoʻnalishlar yuqori oʻsish surʼatlarini namoyon etdi. Xususan, IT-xizmatlari, turizm, oziq-ovqat hamda qurilish mahsulotlari eksporti sezilarli darajada oshdi.
IT-xizmatlari eksporti 152 foizga oʻsib, 940 mln dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yildagi 373 mln dollarlik koʻrsatkichga nisbatan deyarli 2,5 baravar koʻpdir.
Turizm xizmatlari eksporti 142 foizga oshib, 5 mlrd dollarga yetdi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 144 foizga, qurilish mahsulotlari eksporti esa 134 foizga oʻsdi. Har ikki yoʻnalish boʻyicha eksport hajmi 1,1 mlrd dollarni tashkil etdi.









