12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

14 400.040 so‘m

decrease

-142.760

162.630 so‘m

increase

1.560

12 768.260 so‘m

decrease

-62.870

12-may, 15:44
Iqtisodiyot

OTB Oʻzbekistonda $3,6 mlrdlik 23 ta yangi loyiha amalga oshiradi

2025–2026 yillar davomida OTB Boshqaruvchilar kengashi raisligi Oʻzbekistonga oʻtishi rasman eʼlon qilindi. Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev esa kengash raisi sifatida tasdiqlandi.

OTB Oʻzbekistonda $3,6 mlrdlik 23 ta yangi loyiha amalga oshiradi
Foto: AI / Pinkod.uz

Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonda umumiy qiymati 3,6 milliard dollarlik 23 ta yangi loyihani amalga oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

2025 yil 6–7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining 58-yillik yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev rahbarligida ishtirok etdi.

Tashrifning asosiy natijalaridan biri sifatida, 2025–2026 yillar davomida OTB Boshqaruvchilar kengashi raisligi Oʻzbekistonga oʻtishi rasman eʼlon qilindi. Jamshid Xoʻjayev kengash raisi sifatida tasdiqlandi.

Shuningdek, yigʻilish yakunida OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik majlisi 2026 yil may oyida Samarqand shahrida oʻtkazilishi belgilandi.

Tadbir doirasida 2025–2026 yillar uchun umumiy qiymati $3,6 mlrdga teng boʻlgan 23 ta yangi loyihani amalga oshirish dasturi imzolandi.

Mazkur loyihalar taʼlim, ichimlik suvi taʼminoti, transport hamda moliyaviy-texnik yordam kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim yoʻnalishlarini qamrab oladi.


Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pinkod OTB tomonidan Oʻzbekiston iqtisodiyotining 2025 yilda 6,6 foizga oʻsishi prognoz qilinayotgani haqida xabar bergan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+