12 025.330 so‘m

decrease

-31.990

14 162.230 so‘m

decrease

-30.440

155.250 so‘m

increase

0.090

12 025.330 so‘m

decrease

-31.990

03-noyabr, 2025
Texnologiya
302

OpenAI ChatGPT orqali yuridik va tibbiy maslahat berishni toʻxtatdi

OpenAI 1 noyabrdan boshlab ChatGPT xizmatlarida yangi foydalanish siyosatini joriy etdi. Yangi tartibga koʻra, foydalanuvchilarga yuridik va tibbiy yoʻnalishlarda maslahat berish imkoniyati toʻliq toʻxtatildi. Kompaniya bu qarorni sunʼiy intellektdan foydalanishda xavfsizlik, aniqlik va professional masʼuliyatni taʼminlash maqsadida qabul qilgan.

OpenAI ChatGPT orqali yuridik va tibbiy maslahat berishni toʻxtatdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Sunʼiy intellekt sohasida yetakchi kompaniya hisoblangan OpenAI 1 noyabrdan boshlab oʻz xizmatlaridan foydalanish siyosatini yangiladi. Yangi qoidalarga muvofiq, foydalanuvchilar endilikda ChatGPT orqali yuridik yoki tibbiy maslahat olishlari mumkin emas.

Kompaniyaning rasmiy bayonotida qayd etilishicha, ushbu oʻzgarish notoʻgʻri yoki xavfli tavsiyalar tarqalishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan. OpenAI taʼkidlashicha, ChatGPT faqat oʻquv va maʼlumot berish maqsadida ishlatiladi hamda malakali yurist yoki shifokor fikrini almashtira olmaydi.

Shuningdek, yangilangan siyosatga koʻra, foydalanuvchilar ChatGPT’dan olingan maʼlumotlarni huquqiy yoki tibbiy qarorlar qabul qilishda asosiy manba sifatida ishlatmasliklari kerak.

Mazkur oʻzgarishlar 1 noyabrdan kuchga kirgan boʻlib, barcha foydalanuvchilarga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, test soʻrovlarida dastur avvalgidek xavf haqida ogohlantirib, mutaxassis bilan maslahatlashishni tavsiya etishda davom etadi.

Yangilanish, shuningdek, ChatGPT’ning tibbiy tasvirlarni tahlil qilish imkoniyatini ham cheklaydi. Bu esa kompaniyaning sunʼiy intellekt texnologiyalaridan xavfsiz va masʼuliyatli foydalanishni taʼminlashga qaratilgan siyosatining bir qismi hisoblanadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+