12 437.150 so‘m

increase

62.600

14 480.570 so‘m

increase

55.560

153.340 so‘m

increase

0.210

12 437.150 so‘m

increase

62.600

1 kun avval
Iqtisodiyot

Oltin narxi $5 minggacha koʻtarilishi mumkin — Goldman Sachs prognozi

Goldman Sachs tahlilchilariga koʻra, agar Federal zaxira tizimi mustaqilligiga putur yetsa, oltin narxi keskin oshib, bir unsiya uchun $5 minggacha yetishi mumkin. Bank, shuningdek, 2026 yil oʻrtalariga kelib oltin $4 ming atrofida savdolanishini asosiy prognoz sifatida keltirmoqda.

Oltin narxi $5 minggacha koʻtarilishi mumkin — Goldman Sachs prognozi
Foto: AI / Pinkod.uz

Amerikanng yetakchi investitsion banki Goldman Sachs tahlilchilarining fikricha, agar Federal zaxira tizimi mustaqilligi zaiflashsa, oltin narxi bir unsiya uchun qariyb $5 minggacha oshishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Bank mutaxassislari taʼkidlaganidek, hatto gʻaznachilik obligatsiyalaridan oltin bozoriga ozgina kapital oqimi ham qimmatbaho metall narxining keskin koʻtarilishiga sabab boʻlishi mumkin.

Goldman Sachs tahlilchisi Samanta Dartning soʻzlariga koʻra, Federal zaxira tizimining mustaqilligi izdan chiqsa, bu inflyatsiyaning kuchayishiga, aksiyalar va obligatsiyalar narxining pasayishiga hamda dollarning zaxira valyutasi sifatidagi mavqeining susayishiga olib keladi. Bunday vaziyatda oltin institutsional ishonchga bogʻliq boʻlmagan jozibador aktiv sifatida yanada qadrlanishi mumkin.

Bank bir nechta ssenariylarni taqdim etdi. Asosiy prognozga koʻra, 2026 yil oʻrtalariga kelib oltin narxi bir unsiya uchun $4 mingga yetishi kutilmoqda. Salbiy ssenariyda narx $4,5 minggacha koʻtarilishi mumkin. Agar AQSh xususiy gʻaznachilik obligatsiyalari bozorining atigi 1 foizi oltinga oʻtsa, maksimal $5 minglik daraja qayd etilishi ehtimoldan xoli emas.

Taqqoslash uchun, Goldman Sachsʼning avvalgi prognozida asosiy ssenariy boʻyicha oltin narxi yil oxiriga kelib $3 700 atrofida boʻlishi kutilgandi

Avgust oyida esa Citibank oʻz prognozini yangilab, salbiydan optimistik ssenariyga oʻtdi va yaqin uch oy ichida oltin bir unsiya uchun $3 500 darajasida savdolanishini taxmin qilgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+