11 937.600 so‘m

decrease

-37.190

13 961.020 so‘m

decrease

-47.090

159.470 so‘m

decrease

-0.170

11 937.600 so‘m

decrease

-37.190

04-mart, 16:50
Iqtisodiyot
183

OKMK 2025 yilda 11,6 trln soʻm sof foyda oldi

OKMK 2025 yil yakunlariga koʻra 11,6 trln soʻm sof foyda qayd etdi. Kompaniya foydasi bir yil ichida 50,5 foizga oshgan boʻlsa, IV chorakdagi oʻsish 111 foizni tashkil etdi.

OKMK 2025 yilda 11,6 trln soʻm sof foyda oldi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (OKMK) 2025 yil yakunlariga koʻra 11,6 trln soʻm sof foyda qayd etdi. Bu haqda KAP DEPO investitsiya kompaniyasi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur koʻrsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 50,5 foizga yuqori. Faqatgina IV chorak yakunlari boʻyicha korxonaning sof foydasi 3,3 trln soʻmni tashkil etib, yillik hisobda 111,1 foizga oshgan.

2025 yil holatiga koʻra, kompaniyaning taqsimlanmagan sof foydasi 15,9 trln soʻmga yetgan. Shu bilan birga, korxonaning jami aktivlari 86,4 trln soʻmni tashkil etmoqda.

Hisobot davrida eksport tushumi 510,4 mln dollarni tashkil etib, bu umumiy tushumning 12,1 foiziga teng boʻlgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilning shu davrida eksport hajmi 610,9 mln dollarni (19,5 foiz) tashkil etgan.

Bundan tashqari, kompaniyaning uzoq muddatli kredit va qarzlari 1,6 trln soʻmga oshib, 28,5 trln soʻmga yetgan. Qisqa muddatli majburiyatlar esa aksincha 1,1 trln soʻmga kamayib, 2,5 trln soʻmni tashkil qilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+