12 303.160 so‘m

increase

23.680

14 507.890 so‘m

decrease

-0.320

159.760 so‘m

increase

0.510

12 303.160 so‘m

increase

23.680

19-dekabr, 2025
Bank
316

Noyabr oyida Markaziy bank 4 ta bankka nisbatan jarima qoʻlladi

Bank nazorati qoʻmitasi noyabr oyida oʻtkazilgan yigʻilishlarda banklar va kredit tashkilotlari faoliyatiga oid 41 ta masalani muhokama qildi. Yigʻilishlar yakunida regulyator talablari hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 4 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllandi.

Noyabr oyida Markaziy bank 4 ta bankka nisbatan jarima qoʻlladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi noyabr oyida oʻtkazilgan yigʻilishlarda jami 41 ta masalani koʻrib chiqib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati maʼlum qildi.

Xususan, roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 31 ta masala muhokama qilindi. Ular doirasida kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish, yangi mikromoliya va kredit tashkilotlarini roʻyxatga olish, ayrimlarini reyestrdan chiqarish, shuningdek ustav fondidagi ulushga egalik qilish uchun ruxsat berish masalalari koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun sertifikatlar berish, banklar kuzatuv kengashi, boshqaruvi hamda muhim xodimlari lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 10 ta masala muhokama qilindi. Unda Markaziy bank koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlariga rioya etilishi, banklar hamda mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, shuningdek bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq masalalar koʻtarildi.

Yigʻilishlarda jinoyat daromadlarini legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish hamda ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid masalalar ham koʻrib chiqildi.

Natijada, oʻtgan oyda aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 4 ta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanildi. Ushbu banklar regulyator talablari, inspeksiya tekshiruvlari hamda jinoyat daromadlarini legallashtirish va terrorizmga qarshi kurashish qoidalariga rioya etmagan.

Shuningdek, prudensial talablar buzilishi, faoliyatni qonunchilik talablariga moslashtirmaslik va inspeksiya tekshiruvlarida aniqlangan kamchiliklar sababli 1 ta mikromoliya hamda 1 ta toʻlov tashkilotiga nisbatan chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirish berildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+