11 970.680 so‘m

increase

36.040

13 902.750 so‘m

increase

6.060

163.180 so‘m

decrease

-0.960

11 970.680 so‘m

increase

36.040

Yaqin 2 daqiqa ichida
Iqtisodiyot
18

Mobiuz aloqa operatori $351 mlnga AQShlik investorlar konsorsiumiga sotildi

Savdo jarayoni yakunlariga koʻra, AQShning McKim and Company kompaniyasi boshchiligidagi konsorsium operator uchun $351 mln taklif bilan gʻolib deb topildi. Xaridor, shuningdek, kompaniyaning telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun $500 mlngacha investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Mobiuz aloqa operatori $351 mlnga AQShlik investorlar konsorsiumiga sotildi
Foto: AI/Pinkod.uz

“Universal Mobile Systems” MChJ (MobiUz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish boʻyicha xalqaro ochiq savdo jarayoni yakunlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Xususiylashtirish yakunlariga koʻra, AQShning McKim and Company kompaniyasi boshchiligidagi moliyaviy investorlar hamda sohaviy texnologik hamkor JVR Enterprises LLC ishtirokidagi konsorsium taklifi gʻolib deb topilgan.

Gʻolib taklifga koʻra, MobiUz qiymati $351 mln darajasida baholangan. Bundan tashqari, konsorsium telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun $500 mlngacha investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Shu bilan birga, bitim hali toʻliq yopilgan deb hisoblanmaydi. Uni yakunlash uchun tegishli tartibga soluvchi organlardan ruxsatnomalar olish hamda belgilangan korporativ va huquqiy tartib-taomillarni bajarish talab etiladi.

Aloqa operatorini xususiylashtirish jarayoniga Rothschild & Co strategik konsultant, KPMG moliyaviy konsultant, Deloitte esa mustaqil baholovchi sifatida jalb qilingan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, jarayonda AQSh, Yaponiya, Fors koʻrfazi mamlakatlari, Yevropa va Kavkazorti mintaqalaridan 15 dan ortiq investor qatnashgan. Ulardan 10 nafari dastlabki narx takliflarini taqdim etgan, keyingi bosqichda esa 6 ta ishtirokchidan MobiUz’ni sotib olish boʻyicha majburiy takliflar qabul qilingan.

Taklifning EV/EBITDA multiplikatori 7,4x ni tashkil etgan. Agentlikka koʻra, bu kompaniya qiymati mustaqil baholovchi aniqlagan qiymatdan sezilarli yuqori shakllanganini koʻrsatadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+