11 897.900 so‘m

increase

51.330

13 336.360 so‘m

increase

95.450

140.180 so‘m

increase

1.230

11 897.900 so‘m

increase

51.330

01-avgust, 2025
Bozor
675

Microsoft $4 trlnlik bozor qiymatiga erishgan ikkinchi kompaniyaga aylandi

31 iyul kuni Microsoft aksiyalari 4,5 foizga oshib, kompaniyaning birja bahosi $4 trlndan oshdi. Ushbu natija texnologiya gigantini Nvidia’dan keyin $4 trlnlik bahoga ega boʻlgan ikkinchi kompaniyaga aylantirdi.

Microsoft $4 trlnlik bozor qiymatiga erishgan ikkinchi kompaniyaga aylandi
Foto: AI / Pinkod.uz

Microsoft aksiyalari 31 iyul kuni keskin koʻtarilib, kompaniyaning bozor qiymatini $4 trlndan oshirdi. Bu natija uni tarixda bu marrani zabt etgan ikkinchi kompaniyaga aylantirdi.

Bozor ochilgach, Microsoft’ning (MSFT) aksiyalari deyarli 4,5 foizga koʻtarildi va kompaniyaning birja qiymati $4,01 trlnga yetdi. Umuman olganda, yil boshidan buyon Microsoft aksiyalari qariyb 28 foizga oshgan.

Microsoft ilk bor 1 trillion dollarlik bozor bahosiga 2019 yil aprelida yetgan edi. Biroq, Microsoft’ning 3 trlnlik marrani zabt etishi Nvidia va Apple’ga qaraganda uzoqroq vaqt oldi. Kompaniya bundan bir yarim yil oldin ushbu qiymatga chiqqan.

Endilikda Microsoft Nvidia’dan keyin 4 trillion dollarlik bahoga ega boʻlgan ikkinchi kompaniya. Nvidia ushbu marraga joriy yilning iyul oyi boshida yetgan edi.

Microsoft’ning OpenAI bilan qilgan milliardlab dollarlik hamkorligi oʻz samarasini bermoqda. ChatGPT 2022 yil oxirida taqdim etilganidan beri Microsoft aksiyalari ikki baravar oshgan. Kompaniya OpenAI’ning ilgʻor sunʼiy intellekt modellari orqali oʻzining Office dasturlari va Azure bulut xizmatlarini yanada kuchaytirmoqda.

Ayniqsa, Azure xizmatlarining daromadi sezilarli darajada oʻsdi. Tahlilchilar fikricha, Microsoft 365 dastur toʻplamiga joriy qilingan Copilot sunʼiy intellekt chatboti ham bu oʻsishda muhim rol oʻynagan.

Microsoft yangi moliyaviy yilning birinchi choragidayoq AI loyihalari uchun $30 mlrd sarflashni rejalashtirmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+