12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

14 606.450 so‘m

decrease

-66.360

163.750 so‘m

increase

0.300

12 831.810 so‘m

decrease

-25.540

30-aprel, 17:34
Iqtisodiyot

Mart oyida uy-joy bozori qanday oʻzgardi?

Oʻzbekistonda mart oyida bozor faolligi pasayganiga qaramay, uy-joy narxlari yillikda 0,9%ga oshdi. Jizzaxda faollik 34%, Navoiyda 29%ga oʻsdi. Toshkentda ikkilamchi uylar 5,7%, ijara 7,4%ga arzonlashdi.

Mart oyida uy-joy bozori qanday oʻzgardi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan eʼlon qilingan tahlilga koʻra, joriy yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha respublika boʻylab koʻchmas mulk bozorida faollik yuqori darajada saqlanib qoldi. 

Joriy yilning I choragi yakunlariga koʻra, monitoring boshlangan 2021 yildan buyon birinchi marta respublikaning hech bir hududida savdo hajmining pasayishi kuzatilmadi. Bu holat yillik koʻrsatkichlarda bar oʻsishning davom etayotganini anglatadi.

Ikkilamchi bozor 

Shu bilan birga, mart oyi davomida bozor faolligi ketma-ket ikkinchi oy pasayish tendensiyasini koʻrsatdi. Bunga qaramay, ayrim hududlarda faollik yuqori darajada boʻlib qoldi. Jumladan, Jizzax viloyatida 34 foiz, Navoiy viloyatida esa 29 foizga oʻsish qayd etildi.

Ikkilamchi bozorda mart oyida uy-joy narxlari oʻrtacha oʻzgarmasdan qoldi. Respublika boʻyicha yillik hisobda bir kvadrat metr uchun narx 0,9 foizga oshdi. Eng katta oʻsish Jizzax (12,3%), Surxondaryo (10,7%) va Qashqadaryo (8,5%) viloyatlarida kuzatildi.

Toshkent shahrida esa mart oyida ikkilamchi bozordagi uy-joy narxi 0,6 foizga, birlamchi bozordagi narxlar esa 0,4 foizga kamaydi. Oʻtgan yilning shu oyiga nisbatan ikkilamchi uy-joy narxi 5,7 foizga, yangi uylar narxi esa 3,7 foizga tushgan. 

Ikkilamchi bozorda eng katta narx tushishi Mirobod (8%), Chilonzor (8,7%) va Yashnobod (7,5%) tumanlarida qayd etilgan. Yangi uylar segmentida esa Shayxontohur (14,7%), Uchtepa (11%) va Yunusobod (6,7%) tumanlarida eng katta pasayish kuzatildi.

Ijara bozori

Ijara bozorida esa mart oyida oʻzgarish kuzatilmadi — Toshkent shahrida oʻrtacha ijara narxi 1 kvadrat metr uchun 8 dollar atrofida qoldi. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqori boʻlib, oʻrtacha 10 dollarni tashkil etmoqda. 

Yillik hisobda poytaxtda ijara narxi 7,4 foizga kamaydi. Eng katta pasayish Mirzo-Ulugʻbek, Yashnobod va Chilonzor tumanlarida kuzatilib, bu hududlarda ijara narxlari oʻrtacha 10 foizga tushgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+