11 897.900 so‘m

increase

51.330

13 336.360 so‘m

increase

95.450

140.180 so‘m

increase

1.230

11 897.900 so‘m

increase

51.330

Yaqin 27 daqiqa ichida
Bank
33

Markaziy bank sentabr oyida bank nazoratiga oid 37 ta masalani koʻrib chiqdi

Markaziy bankining Bank nazorati qoʻmitasi 2026 yil sentabr oyida sakkizta yigʻilish oʻtkazib, ularda 37 ta masalani koʻrib chiqdi va tegishli qarorlar qabul qildi. Asosiy eʼtibor kredit tashkilotlarini roʻyxatga olish va litsenziyalash, ularning moliyaviy holatini baholash hamda prudensial talablarga rioya etilishiga qaratildi.

Markaziy bank sentabr oyida bank nazoratiga oid 37 ta masalani koʻrib chiqdi

2026 yil sentabr oyida Oʻzbekiston Markaziy bankining Bank nazorati qoʻmitasi sakkizta yigʻilish doirasida 37 ta masalani koʻrib chiqdi. Bu haqda regulyatorning 2026 yil 12 oktabrda eʼlon qilingan rasmiy axborotida maʼlum qilingan.

Koʻrib chiqilgan masalalarning 21 tasi roʻyxatga olish va ruxsat berish bilan bogʻliq boʻldi. Xususan, kredit tashkilotlari ustavlariga kiritilgan oʻzgartishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (2 ta masala), mikromoliya tashkilotlarini hisob reyestriga kiritish, akkreditatsiya va toʻlov tashkilotiga litsenziya berish (7 ta masala), kredit tashkilotlarining ustav kapitalidagi ulushlarga egalik qilish uchun ruxsat berish (3 ta masala) koʻrib chiqildi.

Yana toʻqqizta masala tijorat banklari kuzatuv kengashlari va boshqaruvlari aʼzolari, shuningdek, muhim lavozimlarni egallagan xodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq boʻldi.

Kredit va toʻlov tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 16 ta masala ham yigʻilishlarda koʻrib chiqildi. Yigʻilishlarda Markaziy bank koʻrsatmalari va prudensial normativlar talablariga rioya etilishi, banklar va nobank kredit tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, shuningdek, moliyaviy xizmatlarni tartibga solish qumdoni doirasida sinovdan oʻtkazish masalalari muhokama qilindi.

Nazorat faoliyati yakunlari boʻyicha sakkizta bankka nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanildi. Bunga prudensial normativlar va qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar asos boʻldi.

Bank nazorati qoʻmitasining faoliyati moliya bozori ishtirokchilari tomonidan qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash, kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini nazorat qilish va bank tizimining ishonchliligini oshirishga qaratilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+