11 778.520 so‘m

decrease

-39.550

13 733.750 so‘m

decrease

-54.390

138.960 so‘m

decrease

-2.730

11 778.520 so‘m

decrease

-39.550

1 soat avval
Bank
67

Markaziy bank valyuta intervensiyasi strategiyasini eʼlon qiladi

Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta bozoridagi intervensiyalar qanday tamoyillar asosida amalga oshirilishini tushuntiruvchi alohida strategiyani eʼlon qilmoqchi. 

Regulyator raisi Timur Ishmetov intervensiyalar kursni maʼlum darajada ushlab turish uchun emas, oltin xaridlari ortidan paydo boʻladigan ortiqcha soʻm likvidligini boshqarish uchun amalga oshirilishini aytdi. 

Markaziy bank shu bilan birga kapital hisobini liberallashtirish bosqichlari va shaffoflikka oid boshqa hujjatlarni ham ochiqlashni rejalashtirmoqda.

Markaziy bank valyuta intervensiyasi strategiyasini eʼlon qiladi

Oʻzbekiston Markaziy banki valyuta bozoridagi intervensiyalar qanday tamoyillar asosida amalga oshirilishini ochiqlovchi strategiyani eʼlon qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Timur Ishmetov Silk Road Finance & Technology Forum doirasidagi FT Live panel sessiyasida maʼlum qildi.

Uning aytishicha, Oʻzbekiston almashuv kursini moslashuvchan va bozor tamoyillariga asoslangan holda saqlab qolishni davom ettiradi. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ham yaqinda mamlakatning kurs rejimini “floating”, yaʼni suzuvchi kurs sifatida qayta tasniflagan.

Shu bilan birga, Markaziy bankning valyuta bozoridagi ishtiroki, ayniqsa regulyatorning katta hajmda oltin xarid qilishi fonida, bozorda savollar tugʻdirayotganini Ishmetov tan oldi.

Markaziy bank mamlakat ichida qazib olingan oltinni sotib olganda iqtisodiyotga soʻm chiqaradi. Natijada yuzaga keladigan qoʻshimcha milliy valyuta likvidligini neytrallashtirish uchun regulyator valyuta bozorida xorijiy valyuta sotadi.

Ishmetovning qayd etishicha, tayyorlanayotgan strategiya aynan shu mexanizmni bozorga aniqroq tushuntirib beradi.

“Ha, biz bozorga intervensiya qilamiz, biroq bu muayyan almashuv kursini qoʻllab-quvvatlash uchun emas. Bu oltin xarid qilish operatsiyalarimiz bilan bogʻliq”, dedi u.

Markaziy bank strategiyani yakunlab, jamoatchilikka eʼlon qilishni rejalashtirmoqda. Hozircha hujjat qachon chop etilishi aytilmagan.

Regulyator umuman kommunikatsiya va shaffoflikni oshirishni keyingi bosqichdagi ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilagan. Ishmetovning aytishicha, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi iyul oyida Oʻzbekiston Markaziy bankining Central Bank Transparency Code boʻyicha baholashini yakunlagan va uning natijalari ham eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, kapital hisobini bosqichma-bosqich liberallashtirish boʻyicha islohotlar ketma-ketligi ham yakunlanib, ochiqlanishi rejalashtirilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+