12 320.340 so‘m

increase

17.180

14 614.390 so‘m

increase

106.500

159.360 so‘m

decrease

-0.400

12 320.340 so‘m

increase

17.180

30-oktabr, 2024
FinLit
685

Markaziy bank firibgarlardan ogohlantirdi

Fuqarolarga ilovalarni esa messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store doʻkonlaridan oʻrnatish tavsiya etildi.

Markaziy bank firibgarlardan ogohlantirdi

Bugungi kunda firibgarlar messenjerlar orqali fuqarolarga Markaziy bankning ramziy belgilari tushirilgan soxta hujjatlar yuborib, ularning mobil qurilmalariga zararli ilovalarni oʻrnatishga urinishmoqda.

Foto: Markaziy bank

Mazkur soxta hujjatlarda goʻyoki fuqaroning mablagʻlari xavfsizligini taʼminlash uchun “moliyaviy xavfsizlik boʻyicha mutaxassis” tomonidan ayrim amallar bajarilishi toʻgʻrisidagi yolgʻon axborot koʻrsatilgan.

Bu orqali “mutaxassis” niqobi ostidagi firibgar fuqaroning mobil qurilmasiga zararli ilovani (xususan, “Bezopasnost” nomli) oʻrnatish orqali ushbu qurilmadagi rasm va hujjatlar, SMS-xabarlar va qoʻngʻiroqlar haqidagi maʼlumotlarni yashirin tarzda qoʻlga kiritadi.

“Yuqoridagi kabi holatlarga duch kelsangiz, firibgarlarning aldovlariga aslo ishonmang, ilovalarni esa messenjerlar orqali emas, balki rasmiy Google Play va App Store doʻkonlaridan oʻrnating”, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+