12 917.100 so‘m

decrease

-48.240

14 460.690 so‘m

decrease

-64.380

160.140 so‘m

decrease

-1.200

12 917.100 so‘m

decrease

-48.240

1 soat avval
Bank

Markaziy bank 6 ta bankka nisbatan jarima qoʻlladi

Qayd etilishicha, banklar jismoniy shaxslarga bank hisobvaraqlari ochish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha belgilangan talablarni bajarmagan. Shuningdek, 3 ta lombard va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan ham jarima sanksiyalari qoʻllanilgan.

Markaziy bank 6 ta bankka nisbatan jarima qoʻlladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank 6 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻlladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan 2025 yil aprel oyida oʻtkazilgan 8 ta yigʻilishda jami 45 ta masala koʻrib chiqildi va ularning barchasi boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Jumladan, roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 26 ta masala koʻrib chiqilgan boʻlib, ular orasida kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (4 ta), yangi mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish (5 ta), ustav fondidagi ulushga egalik qilishga ruxsat berish (1 ta), auditorlik malaka sertifikati taqdim etish (1 ta), shuningdek, tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruv organlari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish (15 ta) kabi masalalar mavjud.

Bundan tashqari, Markaziy bankning prudensial meʼyorlari va koʻrsatmalariga rioya etilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiyalar natijalari boʻyicha 19 ta masala muhokama qilindi.

Toʻlov tizimi operatori va toʻlov tashkilotlari tomonidan ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirish hamda tashkiliy-huquqiy shaklni aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirish boʻyicha qonunchilik talablari buzilgani aniqlanib, 1 ta toʻlov tizimi operatori va 3 ta toʻlov tashkilotiga ogohlantirish choralari va sanksiyalar qoʻllanildi.

Eng muhim jihatlardan biri shuki, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida banklar tomonidan jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini ochish va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha tartib buzilganligi aniqlangan. Bu holat boʻyicha 6 ta bank, 3 ta lombard va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+